🔺Pedagogikada yangi usullar va samaradorlik: Toshkent islom institutida ochiq dars bo‘lib o‘tdi
🔺Toshkent islom institutining “Ijtimoiy fanlar va tillar” kafedrasi dotsenti Maxfuzaxon Jaloldinova tomonidan navbatdagi maxsus ochiq dars mashg‘uloti tashkil etildi.
➡️Mazkur mashg‘ulot kunduzgi taʼlim shakli 403-guruh talabalari uchun “Pedagogika va islomshunoslik fanlarini o‘qitish metodikasi” fani doirasida o‘tkazildi. Unda “Taʼlim vositalari samaradorligi. Pedagogikada ilg‘or metodlar va yangi pedagogik texnologiyalar. Pedagogika tizimida qaytar aloqa” mavzusi atroflicha yoritib berildi.
➡️Dars davomida zamonaviy taʼlim muhitida samarali metodlarni qo‘llash, talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini yuksaltirish hamda taʼlim jarayonida qaytar aloqa (feedback) mexanizmini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish masalalari amaliy misollar va interaktiv usullar vositasida tushuntirildi.
➡️Soha mutaxassislari va tajribali ustozlar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish, dars sifatini baholash hamda tegishli tavsiyalar berish maqsadida tashkil etilgan ushbu ochiq darsda institut rahbariyati hamda kafedra jamoasi faol ishtirok etdilar. Xususan, mashg‘ulotda quyidagi masʼullar qatnashdi:
Nodir Turaboev – O‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i;
Ulug‘bek Hasanov – “Ijtimoiy fanlar va tillar” kafedrasi mudiri;
Alijon Ravshanov – “Ijtimoiy fanlar va tillar” kafedrasi katta o‘qituvchisi;
Qudratjon Hasanov – “Ijtimoiy fanlar va tillar” kafedrasi o‘qituvchisi.
🔸 Ochiq dars yakunida darsning tashkiliy darajasi, qo‘llanilgan zamonaviy pedagogik usullar hamda talabalarning faolligi ustozlar va bo‘lim masʼullari tomonidan yuqori baholandi. Shuningdek, kelgusida taʼlim sifatini yanada oshirish yuzasidan qimmatli taklif va tavsiyalar berildi.
📝 “Ijtimoiy fanlar va tillar” kafedrasi
📱 @oliymahad – диний-маърифий канал!
📱 Youtube 📱 Facebook 📱 Instagram


