"Product Engineer" bo'ling!
Bu maslahatim qachon eskiradi bilmadim. Ammo, ayni damda qaysidir yo'nalish bo'yicha ketish kerak bo'lsa, men "Product Engineering" yo'nalishini maslahat bergan bo'lar edim.
Chunki, product kompaniyalar (startuplar) ko'payyapti, ularga eng kamida bitta CTO kerak. U barcha muhandislik ishlarini qila olishi kerak va barchasi uchun javobgar shaxsdir. Bu - "1 kishilik IT jamoa" degani. Jamoani boshi ham, oxiri ham o'zingiz bo'lasiz.
Bu yerda endi loyiha darajasida emas, mahsulot darajasida o'ylash kerak bo'ladi. Mehnatni o'zi kamlik qiladi. To'g'ri, AI mehnatni qilyapti, ammo mas'uliyatni ololmaydi. O'zi IT jamoada eng mas'uliyatli rol - CTO ro'lidir.
Product Engineer bo'lish uchun 5 ta eng muhim ko'nikma:
- Software Engineering (Batafsil bo'lmasada, umumiy narsalarni bilish, tizim qanday ishlashini tushuna olish)
- Product Design (Foydalanuvchilarga yoqadigan mahsulot dizaynini qila olish, did masalasi)
- DevOps Engineering (Serverlar bilan ishlash, loyiha infrastrukturasini nazorat qilish)
- Mas'uliyat (So'ralmagan paytda ham mahsulot haqida o'ylashlik)
- Ijodkorlik (Tashabbuskorlik, inson sevgan ishidan ijod qila oladi xolos)
Biz 6 oy avval aynan shu yo'ldan ketib, jamoani shu yo'nalishga deyarli migratsiya qila oldik. Hozirda, har bir dasturchining o'zi bir jamoa. Avvallari ular menga endi nima ish qilay deb kelardi. Hozir esa, positsiya o'zgargan. O'zlari muammo topadi va shu muammoni hal qilish uchun ruhsat so'raydi xolos.
@mukhammadkarim_tukhtaboev
Post #5267
1.44K
Forwarded from Janob Panda
- ❤ 11
- 🔥 10
- 👍 5
- 💯 2
- 🤝 1