TGViewer
NamDTU • NamSTU • НамГТУ NamDTU • NamSTU • НамГТУ @namdtuuz · 6.05K subscribers
Post #33185 822
“KELAJAK TADBIRKORI–2026”: YOSHLAR BANDLIGI, KASBIY RIVOJLANISH VA TADBIRKORLIK IMKONIYATLARI

Namangan viloyatida oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari, talabalar hamda yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasbga yo‘naltirish va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Kelajak tadbirkori–2026” kasb ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari Otabek Bazarov ochib berdi. U o‘z nutqida yoshlar bandligini ta’minlash, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va zamonaviy kasblarga yo‘naltirish bugungi kunning ustuvor vazifalaridan ekanini ta’kidladi.

Shuningdek, Namangan shahar hokimi Ayubxon Kamolov hamda “O‘zmilliybank” AJ “Kelajakka qadam” markazi direktori Elmurod Hoshimov so‘zga chiqib, yoshlarning kasbiy rivojlanishi, ish bilan ta’minlanishi va tadbirkorlik imkoniyatlaridan samarali foydalanishi masalalariga alohida to‘xtaldilar.

Ayni paytda ko‘rgazmada 100 dan ortiq tashkilot va korxona ishtirok etmoqda. Talabalar va bitiruvchilarga mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, amaliyot dasturlari, kasb-hunarga o‘qitish imkoniyatlari hamda biznes faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar taqdim etilmoqda.

Tadbir doirasida “O‘zmilliybank” AJning “Kelajakka qadam” markazi bilan hamkorlikda talabalar va bitiruvchilarning startap hamda biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, ularni amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlariga ham e’tibor qaratilmoqda.

Batafsil
👀На русском  👀In English

NamDTU rasmiy axborot kanallari:
Web-site |  Telegram |  Instagram | X
Facebook |  YouTube |  LinkedI
  • ❤ 2
More from @namdtuuz
  1. Oct 16, 2026ONA TILIM — MILLATIMNING FAXRI, QALBIMNING NAVOSI! NamDTU Iqtisodiyot fakulteti Milliy lib…
  2. Oct 16, 2026NAMDTU DELEGATSIYASI ISLOM SIVILIZATSIYASI MARKAZIDA Namangan davlat texnika universiteti…
  3. Oct 16, 2026Siyosiy ma’rifat soati bo‘lib o‘tdi Namangan davlat texnika universiteti Transport va logi…
  4. Oct 16, 2026ONA TILIM — MILLAT SHA’NI, MILLIY G‘URUR VA ABADIY QADRIYAT! 21-oktyabr — o‘zbek tiliga da…
  5. Oct 16, 2026YASHIL TRANSFORMATSIYA VA TEXNOLOGIYA FAKULTETIDA ONA TILIGA BAG‘ISHLANGAN TADBIR Namangan…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →