🎬 GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ!
🚫 Bir xato — bir umrga tatigulik pushaymonlik!
Namangan davlat texnika universiteti Iqtisodiyot fakulteti talabalari tomonidan yoshlar o‘rtasida giyohvandlik va narkojinoyatlarning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida ijtimoiy mazmundagi videorolik tayyorlandi.
Videorolikda bir talaba yigitning narkojinoyatga aralashib qolishi, giyohvandlik girdobiga tushishi va buning oqibatida yuzaga kelgan og‘ir holatlar hamda yakundagi achchiq pushaymonliklari ta’sirchan tarzda yoritilgan.
Ushbu videorolik orqali giyohvandlik insonning kelajagi, orzu-umidlari va hayotiga jiddiy xavf solishi, birgina noto‘g‘ri qaror esa inson taqdirini butunlay o‘zgartirib yuborishi mumkinligi ko‘rsatib berilgan.
Videorolik ijodkorlari: Iqtisodiyot yo‘nalishi talabalari
🎬 Tasvirga oluvchi va rejissyor: Akramjonov Sharifjon
🎭 Aktyorlar:
▪️ Alijonov Ilyosbek
▪️ Abdugapporov Muhammadqodir
Unutmang! Giyohvandlik — kelajak kushandasi! O‘z hayotingizni, yaqinlaringizni va kelajagingizni asrang. Jinoyatga eltuvchi yo‘llardan yiroq bo‘ling!
Batafsil
👀На русском 👀In English
NamDTU rasmiy axborot kanallari:
Web-site | Telegram | Instagram | X
Facebook | YouTube | LinkedI
Post #33073
846