TGViewer
NamDTU • NamSTU • НамГТУ NamDTU • NamSTU • НамГТУ @namdtuuz · 6.04K subscribers
Post #33029 982
NAMDTUDA KITOBXONLIK BAYRAMI: PREZIDENT ASARLARI, YANGI NASHRLAR VA MA’RIFIY MULOQOT

Namangan davlat texnika universitetida Yoshlar kuni munosabati bilan kitobxonlik bayrami tashkil etildi. Tadbirning asosiy mazmunini Prezident asarlari taqdimoti, yangi adabiyotlar ko‘rgazmasi va yoshlar bilan ma’rifiy muloqot tashkil etdi.

Universitet rektori Oybek Ergashev
tadbirni ochib berar ekan, kitob mutolaasi yoshlarning bilim darajasi, mustaqil fikrlashi va hayotiy qarashlarini shakllantirishdagi muhim omil ekanini ta’kidladi. Universitetda talabalarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, ularni ilmiy izlanish va muntazam mutolaaga jalb etishga alohida e’tibor qaratilishi qayd etildi.

Tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning so‘nggi asarlari, xorijiy adabiyotlarning o‘zbek tiliga tarjima qilingan nashrlari hamda universitet Axborot-resurs markaziga joriy yil oktabr oyida kelib tushgan yangi kitoblar namoyish etildi.

Taniqli jurnalist va publitsist Rahimjon Irisov ham tadbirda ishtirok etdi. Kitobxonlikning yoshlar tafakkurini boyitishdagi o‘rni, mutolaa orqali bilim va dunyoqarashni kengaytirish masalalari tadbirning mazmunini yanada boyitdi. Kitoblar ko‘rgazmasi talabalarga turli yo‘nalishlardagi nashrlar bilan tanishish, o‘z qiziqishlariga mos adabiyotlarni kashf etish imkonini berdi.

Batafsil
👀На русском  👀In English

NamDTU rasmiy axborot kanallari:
Web-site |  Telegram |  Instagram | X
Facebook |  YouTube |  LinkedI
  • ❤ 2
  • 👍 1
  • 🙏 1
More from @namdtuuz
  1. Oct 16, 2026NAMDTU VA “APEX INSURANCE” O‘RTASIDA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI Namangan davlat texni…
  2. Oct 16, 2026NAMDTU VA O‘SH TEXNOLOGIYA UNIVERSITETI: AKADEMIK HAMKORLIK AMALDA Namangan davlat texnika…
  3. Oct 16, 2026GIYOHVANDLIK — ASR VABOSI Namangan davlat texnika universiteti Axborot texnologiyalari va…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →