TGViewer
NamDTU • NamSTU • НамГТУ NamDTU • NamSTU • НамГТУ @namdtuuz · 6.32K subscribers
Post #33233 703
NAMDTU VA “APEX INSURANCE” O‘RTASIDA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI

Namangan davlat texnika universiteti rektori Oybek Ergashev hamda “APEX INSURANCE” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi Jahongir Yunusov ishtirokida ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur memorandum ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish, sug‘urta sohasi uchun malakali mutaxassislar tayyorlash hamda ilmiy ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan.

Kelishuv doirasida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar va innovatsion loyihalarni amalga oshirish, talabalar uchun ishlab chiqarish va malakaviy amaliyotlarni tashkil etish, kompaniyaning yetakchi mutaxassislarini o‘quv jarayoniga jalb qilish, professor-o‘qituvchilar va ilmiy izlanuvchilarning malakasini oshirish bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, universitetda moliyaviy va sug‘urta savodxonligini oshirish, ilmiy-amaliy seminar va konferensiyalar tashkil etish, sug‘urta sohasining dolzarb masalalari bo‘yicha qo‘shma tadqiqotlar olib borish ham hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlaridan hisoblanadi.

Ushbu memorandum universitet va real sektor o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, ta’limni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish hamda mehnat bozori talablariga mos, raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash yo‘lidagi muhim kelishuvdir.

Batafsil
👀На русском  👀In English

NamDTU rasmiy axborot kanallari:
Web-site |  Telegram |  Instagram | X
Facebook |  YouTube |  LinkedI
  • ❤ 2
More from @namdtuuz
  1. Oct 16, 2026DUAL TA’LIM: NAMDTU VA ISHLAB CHIQARISH HAMKORLIGI YANGI BOSQICHDA Namangan davlat texnika…
  2. Oct 16, 2026👍📰📰📰📰📰📰📰📰 NAMDTUDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — “O‘ZBEKISTON 24” NIGOHIDA! N…
  3. Oct 16, 2026“JESCO” KORXONASIDA ISHLAB CHIQARISH JARAYONLARI O‘RGANILDI Namangan davlat texnika univer…
  4. Oct 16, 2026NAMDTU XALQARO HAMKORLIK BO‘YICHA RASMIY TELEGRAM KANALI ISH BOSHLADI! Global imkoniyatlar…
  5. Oct 16, 2026ONA TILIM — MILLATIMNING FAXRI, QALBIMNING NAVOSI! NamDTU Iqtisodiyot fakulteti Milliy lib…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →