TGViewer
NamDTU • NamSTU • НамГТУ NamDTU • NamSTU • НамГТУ @namdtuuz · 6.09K subscribers
Post #33225 681
NAMDTU VA O‘SH TEXNOLOGIYA UNIVERSITETI: AKADEMIK HAMKORLIK AMALDA

Namangan davlat texnika universiteti Yashil transformatsiya va texnologiya fakulteti Oziq-ovqat texnologiyasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda talabalari Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh texnologiya universitetida akademik mobillik dasturida ishtirok etmoqda.

Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari universitetning zamonaviy laboratoriyalari, mavjud jihozlar va oziq-ovqat texnologiyasi yo‘nalishidagi amaliy mashg‘ulotlar bilan tanishdilar.
Dastur doirasida NamDTU professor-o‘qituvchilari mezbon universitet talabalariga dars mashg‘ulotlarini o‘tib, kasbiy bilim va tajribalarini ulashdilar. NamDTU talabalari esa O‘sh texnologiya universiteti professor-o‘qituvchilari mashg‘ulotlarida qatnashib, yangi bilim va ko‘nikmalarni egalladilar.

Ushbu akademik almashinuv ikki universitet o‘rtasidagi ta’lim va ilmiy aloqalarni mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashish hamda xalqaro hamkorlik ko‘lamini kengaytirishga qaratilgan.

Batafsil
👀На русском  👀In English

NamDTU rasmiy axborot kanallari:
Web-site |  Telegram |  Instagram | X
Facebook |  YouTube |  LinkedI
  • 👍 4
  • ❤ 2
More from @namdtuuz
  1. Oct 16, 2026👍📰📰📰📰📰📰📰📰 NAMDTUDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — “O‘ZBEKISTON 24” NIGOHIDA! N…
  2. Oct 16, 2026“JESCO” KORXONASIDA ISHLAB CHIQARISH JARAYONLARI O‘RGANILDI Namangan davlat texnika univer…
  3. Oct 16, 2026NAMDTU XALQARO HAMKORLIK BO‘YICHA RASMIY TELEGRAM KANALI ISH BOSHLADI! Global imkoniyatlar…
  4. Oct 16, 2026ONA TILIM — MILLATIMNING FAXRI, QALBIMNING NAVOSI! NamDTU Iqtisodiyot fakulteti Milliy lib…
  5. Oct 16, 2026NAMDTU DELEGATSIYASI ISLOM SIVILIZATSIYASI MARKAZIDA Namangan davlat texnika universiteti…
  6. Oct 16, 2026Siyosiy ma’rifat soati bo‘lib o‘tdi Namangan davlat texnika universiteti Transport va logi…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →