YOSHLAR KUNI: “KELAJAK TADBIRKORI” LOYIHASI DOIRASIDA RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI
Yoshlar kuni munosabati bilan Namangan davlat texnika universiteti Mexanika va yengil sanoat muhandisligi fakulteti talabalari ishtirokida “Kelajak tadbirkori” loyihasi doirasida “Fazman Tekstil” korxonasida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.
Unda O‘zmilliy bank AJ Namangan viloyati boshqaruvchisi birinchi o‘rinbosari Karimov Akram Oribjanovich hamda “Kelajak qadam” markazi menejeri Elnara Tairova ishtirok etdi.
Uchrashuv avvalida talabalar korxona faoliyati bilan tanishib, zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlari, eksportbop mahsulotlar, innovatsion texnologiyalar va xodimlar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari haqida ma’lumot oldilar.
Muloqot davomida yoshlar bandligini ta’minlash, bitiruvchilarni ishga joylashtirish, ishlab chiqarish korxonalarida amaliyot o‘tash hamda yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga e’tibor qaratildi. Shuningdek, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, amaliyot dasturlari va yosh mutaxassislar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar bo‘yicha ma’lumot olish, ishlab chiqarish tajribasini o‘rganish va kelgusidagi kasbiy faoliyatlari uchun zarur bilimlarni boyitish imkoniga ega bo‘ldilar.
“Kelajak tadbirkori” loyihasi doirasidagi uchrashuv yoshlarning bandligi, kasbiy rivojlanishi va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratildi.
Batafsil
👀На русском 👀In English
NamDTU rasmiy axborot kanallari:
Web-site | Telegram | Instagram | X
Facebook | YouTube | LinkedI
Post #33019
894










- ❤ 2
- 👍 1
- 🔥 1