NAMANGANDA “YANGI O‘ZBEKISTONNING ISTIQBOLLI KADRLARI” TOP-100 TANLOVI G‘OLIBLARI ANIQANDI: ULAR QATORIDA NAMANGAN DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETINING 4 NAFAR VAKILI HAM BOR
Mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni, shuningdek, davlatimiz rahbarining 2019-yil 3-oktabrdagi PF-5843-son va 2025-yil 19-iyundagi PF-95-son Farmonlarida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Namangan viloyatida yirik va nufuzli loyiha amalga oshirildi. Davlat boshqaruvi tizimiga malakali, tashabbuskor va zamonaviy kompetensiyalarga ega rahbar kadrlarni jalb etishni maqsad qilgan tanlov o'z yakuniga yetdi.
Mazkur nufuzli tanlov Namangan viloyati hokimining 2026-yil 19-avgustdagi maxsus qarori asosida tashkil etilgan bo'lib, uning asosiy maqsadi davlat boshqaruvi tizimiga malakali, tashabbuskor va zamonaviy kompetensiyalarga ega iqtidorli mutaxassislarni jalb etishdan iboratdir.
Tanlovga qiziqish va raqobat nihoyatda yuqori bo'ldi. Statistik ma'lumotlarga ko'ra, tanlovda ishtirok etish uchun dastlab 1158 ta nomzoddan ariza kelib tushgan. Ular belgilangan malaka talablari asosida saralanib, birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o'tgan 1124 nafar ishtirokchi test sinovlariga qo'yildi. Nomzodlar bilim testi, murakkab va muammoli vaziyatlarni tahlil qilishni talab etuvchi "esse" metodikasi, shuningdek, yakuniy suhbat kabi to'rt bosqichli ochiq va shaffof sinovlardan o'tkazildi. Yakuniy natijalarga ko'ra, eng yuqori ball to'plagan 100 nafar yosh va istiqbolli mutaxassis g'olib deb e'tirof etildi.
E'tiborli jihati shundaki, saralangan TOP-100 ro'yxatidan Namangan davlat texnika universitetining 4 nafar salohiyatli xodimi ham munosib o'rin egalladi. Bu esa mazkur oliygohda kadrlar salohiyati va xodimlarning intellektual darajasi yuqori ekanligining amaldagi ifodasidir.
Tantanali taqdirlash marosimida viloyat hokimligi, davlat organlari vakillari va xorijiy ekspertlar ishtirok etishdi. Yakuniy xulosalarga ko'ra mutlaq g'oliblar qatoridan universitetning quyidagi kadrlari
1. Abduvaliyev Davlatali Muxamadjon o‘g‘li
2. Soataliyev Diyorbek Bahodir o‘g‘li
3. Isomuxamedov Akbarjon Boxodiro‘g‘li
4. Kamalov Akmalxon Voxid o‘g‘li joy oldi.
Viloyat Islohotlar shtabi tashabbusi bilan boshlangan ushbu loyiha shu joyning o'zida yakunlanmaydi. Endilikda barcha g‘oliblar uchun maxsus "Shaxsiy rivojlanish dasturi" ishlab chiqiladi. Bu dastur doirasida qatnashchilar milliy kadrlar zaxirasiga kiritilib, ularning kasbiy malakasini muntazam oshirish, xorijiy va mahalliy amaliyotlarga yuborish hamda kelgusida yuqori rahbarlik lavozimlariga tayyorlash yuzasidan tizimli ishlar davom ettiriladi.
Batafsil
👀На русском 👀In English
NamDTU rasmiy axborot kanallari:
Web-site | Telegram | Instagram | X
Facebook | YouTube | LinkedI
Post #32997
874

- 👍 5
- ❤ 1
- 🔥 1
- 🥰 1