GLOBAL FORUM 2026: NAMDTU PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI XALQARO ANJUMANDA
Toshkent shahrida arxitektura, shaharsozlik, qurilish va muhandislik sohalarining istiqbollariga bag‘ishlangan “Global Forum 2026: Shaharsozlik, arxitektura, qurilish va muhandislik — yashil iqtisodiyotga o‘tish yo‘lida” xalqaro forumi bo‘lib o‘tmoqda.
15–16-oktyabr kunlari Toshkent arxitektura-qurilish universiteti tashabbusi bilan tashkil etilgan anjumanda Namangan davlat texnika universiteti Arxitektura va qurilish fakulteti vakillari qatnashmoqda.
Jumladan, Arxitektura va qurilish muhandisligi kafedrasi mudiri, dotsent B.I. Xatamkulov, dotsent I.M. Qosimov, katta o‘qituvchi O.U. Hamidov, Muhandislik kommunikatsiyalari kafedrasi mudiri, dotsent F.X. Nishonov hamda kafedra a’zolari forum ishida faol ishtirok etmoqda.
Anjuman doirasida dotsent I.M. Qosimov “Urbanizatsiyani tartibga solishda arxitekturaviy muammolar” mavzusida ma’ruza qilib, shaharsozlikdagi dolzarb masalalar yuzasidan o‘z ilmiy qarashlarini bayon etdi.
Xalqaro forum soha mutaxassislari bilan fikr almashish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va zamonaviy shaharsozlik yechimlarini muhokama qilish imkonini bermoqda.
Batafsil
👀На русском 👀In English
NamDTU rasmiy axborot kanallari:
Web-site | Telegram | Instagram | X
Facebook | YouTube | LinkedI
Post #32992
713





- ❤ 1