⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️
NAMDTU TALABASI — 20 MILLION SO‘MLIK MUKOFOT SOHIBI!
Namangan davlat texnika universiteti talabasi Mamadaliyev Zayniddin Xusniddin o‘g‘li yosh olimlar o‘rtasida tashkil etilgan qo‘shma ilmiy-tadqiqot ishlanmalarini qo‘llab-quvvatlash tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi!
Mazkur tanlov “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovining 2025–2026-yilgi Respublika bosqichi g‘oliblari hamda “Mintaqaviy yakdillik” yosh oydinlar munozara klubi a’zolari o‘rtasida tashkil etildi.
Tanlov ishtirokchilari ilmiy yangilikka ega, ishlab chiqarish va amaliyotga joriy etishga tayyor loyiha hamda ishlanmalarini taqdim etdilar.
🥇 16–19 yosh toifasida g‘olib deb topilgan Zayniddin Mamadaliyev 20 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Namangan davlat texnika universiteti jamoasi Zayniddinni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaydi! Kelgusidagi ilmiy izlanishlariga muvaffaqiyat, yangi ilmiy natijalar va loyihalarining amaliyotga muvaffaqiyatli tatbiq etilishini tilaymiz!
Yoshlarning ilmiy salohiyati — yangi ishlanmalar va texnologik taraqqiyotning muhim omili!
Batafsil
👀На русском 👀In English
NamDTU rasmiy axborot kanallari:
Web-site | Telegram | Instagram | X
Facebook | YouTube | LinkedI
Post #32983
638






- ❤ 4
- 👍 3