DAVLAT MADHIYASI SADOLARI OSTIDA BOSHLANGAN O‘QUV KUNI — VATANGA HURMAT IFODASI!
Namangan davlat texnika universitetining Iqtisodiyot hamda Axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt fakultetlarida yangi o‘quv kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi sadolari ostida boshlandi.
Professor-o‘qituvchilar va talabalar davlatimiz madhiyasini yuksak hurmat, milliy g‘urur va faxr tuyg‘usi bilan ijro etdilar.
Davlat ramzlariga ehtirom ko‘rsatish universitetda yoshlarni vatanparvarlik, fuqarolik mas’uliyati va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashning muhim yo‘nalishlaridan biridir.
Davlat madhiyasiga hurmat — Vatanga sadoqat va yurt kelajagi oldidagi mas’uliyat ifodasidir!
Batafsil
👀На русском 👀In English
NamDTU rasmiy axborot kanallari:
Web-site | Telegram | Instagram | X
Facebook | YouTube | LinkedI
Post #32962
961










- ❤ 2
- 👍 1