TGViewer
NamDTU • NamSTU • НамГТУ NamDTU • NamSTU • НамГТУ @namdtuuz · 6.03K subscribers
Post #32941 979
⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️
20 MINGDAN ORTIQ ISHTIROKCHI ORASIDAN RESPUBLIKA FINALIGA! NAMDTU TALABASI — KUCHLI UCHLIKDA!

Namangan davlat texnika universiteti talabasi Mohina Akramova “MODA YO‘LI” respublika ko‘rik-tanlovining final bosqichida faxrli 3-o‘rinni egalladi!

Tanlovga respublika bo‘yicha 20 000 dan ortiq ariza kelib tushdi. Saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan 55 nafar yosh dizayner qiz finalda o‘z mualliflik kolleksiyalarini namoyish etdi. Ular zamonaviy moda, avangard, milliy moda va oqshom liboslari yo‘nalishlarida o‘zaro bellashdilar.

Ana shunday keng ko‘lamli tanlovda Mohina Akramovaning kuchli uchlikdan joy olishi uning ijodiy salohiyati va dizayn sohasidagi izlanishlarining e’tirofidir.

Tanlov g‘oliblari uchun jami 300 million so‘mlik mukofot jamg‘armasi ajratildi. Uchinchi o‘rin sohiblari uchun 10 million so‘mlik vaucher belgilangan.

Tanlov Yoshlar ishlari agentligi, Qizlar akademiyasi va O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tomonidan Dizaynerlar klubi hamkorligida tashkil etildi.

Mohina Akramovani ushbu yutug‘i bilan tabriklaymiz! Kelgusidagi ijodiy faoliyatida yangi marralar va yirik g‘alabalar tilaymiz.

NamDTU — yoshlar salohiyati, iste’dodi va yutuqlari e’tirof etiladigan maskan!

Batafsil
👀На русском  👀In English

NamDTU rasmiy axborot kanallari:
Web-site |  Telegram |  Instagram | X
Facebook |  YouTube |  LinkedI
  • 👍 9
  • ❤ 7
More from @namdtuuz
  1. Oct 15, 2026👍📰📰📰📰📰📰📰📰 “NAMANGAN HAQIQATI” GAZETASIDA NAMDTU FAOLIYATI YORITILDI! “Korxona – o…
  2. Oct 15, 2026DUAL TA’LIM: UNIVERSITET VA ISHLAB CHIQARISH HAMKORLIGI AMALIYOTDA Namangan davlat texnika…
  3. Oct 15, 2026DAVLAT MADHIYASI SADOLARI OSTIDA BOSHLANGAN O‘QUV KUNI — VATANGA HURMAT IFODASI! Namangan…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →