Tong O‘zbekiston madhiyasi bilan boshlandi!
Namangan davlat texnika universiteti Yashil transformatsiya va texnologiya fakultetida yangi kun O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi sadolari ostida boshlandi.
Erta tongda fakultet rahbariyati tomonidan talabalar samimiy kutib olindi. Davlat madhiyasining yangrashi talaba-yoshlarda Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va yurtga daxldorlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Bunday ezgu tashabbuslar yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy qadriyatlarimizga hurmat va sadoqatni oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Vatan madhiyasi — qalblarda g‘urur, yuraklarda iftixor!
Batafsil
👀На русском 👀In English
NamDTU rasmiy axborot kanallari:
Web-site | Telegram | Instagram | X
Facebook | YouTube | LinkedI
Post #32786
957






- ❤ 2
- 👍 2