TGViewer
NamDTU • NamSTU • НамГТУ NamDTU • NamSTU • НамГТУ @namdtuuz · 6.03K subscribers
Post #32878 814
NAMDTU VA KOREYA: SUN’IY INTELLEKT SOHASIDA HAMKORLIK UCHUN YANGI IMKONIYATLAR

Namangan davlat texnika universitetiga tashrif buyurgan Gyeongguk milliy universiteti delegatsiyasi universitetning Sun’iy intellekt laboratoriyasi faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif davomida mehmonlarga laboratoriyaning texnik salohiyati, zamonaviy texnologiyalarni ta’lim va ilmiy tadqiqotlarga tatbiq etish imkoniyatlari hamda sun’iy intellekt yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Bugun sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar oliy ta’lim taraqqiyotining muhim yo‘nalishlaridan biriga aylanmoqda. Shu nuqtayi nazardan, NamDTU va Gyeongguk milliy universiteti o‘rtasidagi aloqalar texnologik tajriba almashish, ilmiy izlanishlarni rivojlantirish va istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun muhim zamin yaratadi.

Maqsad — xalqaro tajribani o‘zlashtirish, ilmiy salohiyatni oshirish va zamonaviy texnologiyalarni ta’lim jarayoniga keng tatbiq etish.

Batafsil
👀На русском  👀In English

NamDTU rasmiy axborot kanallari:
Web-site |  Telegram |  Instagram | X
Facebook |  YouTube |  LinkedI
  • ❤ 2
More from @namdtuuz
  1. Oct 14, 2026#SportKuni Oliy ta’lim tashkilotlarida “Sport kuni” doirasida sport tadbirlari tashkil eti…
  2. Oct 14, 2026⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️ 20 MINGDAN ORTIQ ISHTIROKCHI ORASIDAN RESPUBLIKA FINALIGA! NAMDTU TALABASI…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →