NAMDTUDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI JADAL DAVOM ETMOQDA
Namangan davlat texnika universitetida kuz-qish mavsumini munosib o‘tkazish, o‘quv binolarida barqaror issiqlik ta’minotini yo‘lga qo‘yish hamda talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun qulay sharoit yaratish maqsadida tayyorgarlik ishlari izchil olib borilmoqda.
Ayni paytda Arxitektura va qurilish fakulteti o‘quv binosini markaziy issiqlik tizimiga ulash ishlari boshlandi.
Mazkur ishlar sovuq mavsumda o‘quv xonalarida zarur haroratni ta’minlash va ta’lim jarayoni uchun qulay sharoitlarni yaratishga qaratilgan.
Universitetda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari belgilangan reja asosida davom etmoqda.
NamDTU rasmiy axborot kanallari:
Web-site | Telegram | Instagram | X
Facebook | YouTube | LinkedIn
Post #32768
1.02K


