Har tongda, yengil nafas
Yashil transformatsiya va texnologiya fakultetida chorshanba — sport kunining tongi ko‘tarinki kayfiyat va tetiklik baxsh etuvchi badantarbiya mashg‘ulotlari bilan boshlandi.
Ertalabki jismoniy mashqlar orqali talabalar kunni yaxshi kayfiyat, yuqori energiya va faol ruhda boshladilar. Badantarbiya mashg‘ulotlari nafaqat jismoniy faollikni oshirish, balki sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, kun davomida tetik va faol bo‘lishga xizmat qiladi.
Sport bilan muntazam shug‘ullanish — salomatlik, kuch-g‘ayrat va muvaffaqiyat sari muhim qadamdir.
Fakultetimizda sport va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan bunday tadbirlar muntazam davom etmoqda
Batafsil
👀На русском 👀In English
NamDTU rasmiy axborot kanallari:
Web-site | Telegram | Instagram | X
Facebook | YouTube | LinkedI
Post #32779
495







- 👍 1