TGViewer
NamDTU • NamSTU • НамГТУ NamDTU • NamSTU • НамГТУ @namdtuuz · 6.01K subscribers
Post #32757 1.19K
UNIVERSITET FAOLIYATINING USTUVOR VAZIFALARI MUHOKAMA QILINDI

Namangan davlat texnika universitetida birinchi prorektor Ma’rufjon Kayumov boshchiligida prorektorlar, tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari, bo‘lim boshliqlari, fakultet dekanlari va kafedra mudirlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda universitet faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish hamda ilmiy salohiyatni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Xususan, davlat ramzlariga hurmat, talabalarning odob-axloqi va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sport mashg‘ulotlariga jalb qilish, ijtimoiy ahvolini o‘rganish, ijara xonadonlari va talabalar turar joylarida xavfsizlikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, o‘quv jarayoni va davomat ko‘rsatkichlarini yaxshilash, ilmiy izlanuvchilikni rivojlantirish, doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka qabul jarayonlarini samarali tashkil etish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda budjetdan tashqari mablag‘larni jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish va barcha yo‘nalishlarda ish samaradorligini oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Batafsil
👀На русском  👀In English

NamDTU rasmiy axborot kanallari:
Web-site |  Telegram |  Instagram | X
Facebook |  YouTube |  LinkedI
  • 👍 1
More from @namdtuuz
  1. Oct 14, 2026SAMIMIY E’TIROF VA HAMKORLIK TIMSOLI Namangan davlat texnika universitetida bo‘lib o‘tgan…
  2. Oct 14, 2026NAMANGAN–KOREYA HAMKORLIGI YANGI BOSQICHDA: SEJONG MARKAZI OCHILDI Namangan davlat texnika…
  3. Oct 14, 2026#Qonunchilikdagi_yangiliklar #Spin_off “Spin-off” tashkil qiling — imtiyozlardan foydalani…
  4. Oct 14, 2026NAMANGAN–KOREYA: TA’LIM HAMKORLIGIDA YANGI DAVR BOSHLANDI! Namangan davlat texnika univers…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →