TGViewer
NamDTU • NamSTU • НамГТУ NamDTU • NamSTU • НамГТУ @namdtuuz · 6.03K subscribers
Post #32834 881
NAMANGAN–KOREYA: TA’LIM HAMKORLIGIDA YANGI DAVR BOSHLANDI!

Namangan davlat texnika universitetida Namangan-2 Sejong markazining tantanali ochilish marosimi xalqaro delegatsiya va rasmiy mehmonlar ishtirokida boshlandi.

Marosimda Koreya Respublikasining Gyeongguk milliy universiteti rektori Jeong Tae-ju boshchiligidagi delegatsiya, viloyat hokimining raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi Sherzod Tursunov, universitet rektori, professor Oybek Ergashev, xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor Ilhomjon Abdurahmanov, IT Park Namangan viloyati filiali rahbari Ikromjon Abdullajonov hamda universitet rahbariyati va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.

Tantanali marosim avvalida faxriy mehmonlar tanishtirilib, ikki davlat madhiyalari ijro etildi. Shundan so‘ng talabalar tomonidan koreys milliy madaniyatiga xos raqs namoyish etildi.

Namangan-2 Sejong markazining ochilishi koreys tilini o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirish, ikki xalq o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash va xalqaro ta’lim hamkorligini rivojlantirishga qaratilgan muhim tashabbusdir.

Batafsil
👀На русском  👀In English

NamDTU rasmiy axborot kanallari:
Web-site |  Telegram |  Instagram | X
Facebook |  YouTube |  LinkedI
  • 👍 2
  • ❤ 1
  • 🔥 1
More from @namdtuuz
  1. Oct 14, 2026#SportKuni Oliy ta’lim tashkilotlarida “Sport kuni” doirasida sport tadbirlari tashkil eti…
  2. Oct 14, 2026⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️ 20 MINGDAN ORTIQ ISHTIROKCHI ORASIDAN RESPUBLIKA FINALIGA! NAMDTU TALABASI…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →