TGViewer
NamDTU • NamSTU • НамГТУ NamDTU • NamSTU • НамГТУ @namdtuuz · 6.02K subscribers
Post #32741 995
ONA TILIMIZ — MILLIY QADRIYATIMIZ

Namangan davlat texnika universiteti Iqtisodiyot fakulteti hamda Axborot-resurs markazi hamkorligida 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda fakultet dekani I. Ibragimov, dekan o‘rinbosari A. Mamadaliyev, ARM xodimlari, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.

Tadbir davomida o‘zbek tilining davlat va jamiyat hayotidagi o‘rni, milliy o‘zligimizni anglashdagi ahamiyati, til sofligini saqlash va yoshlar o‘rtasida nutq madaniyatini rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mavzuga oid kitoblar ko‘rgazmasi, taqdimotlar, ona tilini madh etuvchi she’r va g‘azallar namoyish etildi.

Tadbir yakunida o‘zbek tilini asrab-avaylash, uning nufuzini oshirish hamda kelajak avlodga boy va betakror tilimizga hurmat tuyg‘usini singdirish muhim vazifa ekani ta’kidlandi.

Ona tilimiz — milliy o‘zligimiz va ma’naviy merosimizning muhim timsoli!

Batafsil
👀На русском  👀In English

NamDTU rasmiy axborot kanallari:
Web-site |  Telegram |  Instagram | X
Facebook |  YouTube |  LinkedI
  • ❤ 1
  • 👏 1
More from @namdtuuz
  1. Oct 13, 2026NAMDTUDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI JADAL DAVOM ETMOQDA Namangan davlat texni…
  2. Oct 13, 2026Erkinjon Turdimov: Bizga yangi texnologiyalar yarata oladigan yosh muhandislar kerak! Kore…
  3. Oct 13, 2026UNIVERSITET FAOLIYATINING USTUVOR VAZIFALARI MUHOKAMA QILINDI Namangan davlat texnika univ…
  4. Oct 13, 2026“BESH TASHABBUS OLIMPIADASI”GA START BERILDI! Namangan davlat texnika universiteti Yashil…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →