TALABALAR STARTAP LOYIHALARIGA AMALIY KO‘MAK
Namangan davlat texnika universitetida talabalarning startap loyihalarini rivojlantirish, innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash va istiqbolli tashabbuslarni amaliyotga tatbiq etish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi. Tadbirni ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Muhammadjon Dadamirzayev ochib berdi.
Uchrashuv davomida iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Diyorbek Soataliyev startap loyihalarini ishlab chiqish, ularni rivojlantirish va amalga oshirish mexanizmlari yuzasidan talabalarga tushuntirishlar berdi.
Muloqot davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Shuningdek, innovatsion g‘oyalarni amaliy loyihalarga aylantirish, istiqbolli tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va ularni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Batafsil
👀На русском 👀In English
NamDTU rasmiy axborot kanallari:
Web-site | Telegram | Instagram | X
Facebook | YouTube | LinkedI
Post #32731
1.1K







- ❤ 5
- 👍 2
- 🔥 1
- 👏 1