NAMDTU TALABALARI — STARTAP G‘OYALARINI AMALIY LOYIHALARGA AYLANTIRMOQDA!
Namangan davlat texnika universiteti Mexanika va yengil sanoat muhandisligi fakulteti talabalari ishtirokida startap g‘oyalarini rivojlantirish, innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va istiqbolli loyihalarni amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan seminar-trening tashkil etildi.
Seminar-trening universitet mas’ul xodimi Nurmuhammad Raximbayev tomonidan olib borilib, unda talabalarning ijodiy fikrlashi, yangi g‘oyalarni ilgari surishi va ularni aniq loyihalarga aylantirish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.
Seminar davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, o‘z g‘oyalari yuzasidan fikr almashib, innovatsion loyihalarni rivojlantirish bo‘yicha foydali tavsiyalarga ega bo‘ldilar. Faol ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Batafsil
👀На русском 👀In English
NamDTU rasmiy axborot kanallari:
Web-site | Telegram | Instagram | X
Facebook | YouTube | LinkedI
Post #32655
960







- 👍 2