TGViewer
NamDTU • NamSTU • НамГТУ NamDTU • NamSTU • НамГТУ @namdtuuz · 6.03K subscribers
Post #32680 379

Forwarded from O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi | Rasmiy kanal

Ambitsiyali rejalar va amaliy qadamlar: Agentlik hamda universitet hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab oldi

🫥 Texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda Namangan davlat texnika universiteti o‘rtasida ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini yanada mustahkamlashga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🫥 Tadbirda Agentlik direktori maslahatchisi N.Mamadaliyeva va universitet rahbariyati ishtirok etdi.
Muloqot davomida ilmiy salohiyatdan samarali foydalanish, mavjud laboratoriya bazasini rivojlantirish hamda zamonaviy talablar asosida malakali kadrlar tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuvda universitetning laboratoriya imkoniyatlari taqdimot qilinib, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Tomonlar istiqboldagi hamkorlikning muhim yo‘nalishlarini belgilab oldilar. Jumladan, talabalarni Agentlik tomonidan ajratiladigan yangi stipendiyalarga keng jalb etish hamda soha olimlarini texnik qo‘mitalar faoliyatiga ekspert sifatida jalb qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.


🫥 Shuningdek, universitet laboratoriyalarini akkreditatsiyadan o‘tkazish, ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etish, yosh olim va tadqiqotchilarni xalqaro stajirovkalarga yuborish va manzilli ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlashga kelishib olindi.

Ushbu amaliy hamkorlik universitetning ilmiy-tadqiqot salohiyatini oshirish, talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratish hamda ilmiy ishlanmalar samaradorligini ishlab chiqarishda namoyon etishga xizmat qiladi.


🌐 standart.uz | 😎 Facebook | 😎Instagram | 😎YouTube
More from @namdtuuz
  1. Oct 12, 2026Sun’iy intellekt — yangi imkoniyatlar ✅ Namangan davlat texnika universitetida sun’iy inte…
  2. Oct 12, 2026Iqtidorli yoshlar bilan muhim muloqot: ilmga qiziqish va yangi g‘oyalar muhokamasi ✅ Naman…
  3. Oct 12, 2026🌍 NAMSTU XALQARO VOLONTYORLARI Dunyo sari yo‘l shu yerdan boshlanadi! 🚀 🔥 O‘zingizni xa…
  4. Oct 12, 2026🟦🟦🟦 🟦🟦🟦 Amazon Web Services {👩‍💻} kurslari endi aileaders.uz platformasida! 🔊 AQS…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →