✅ Namangan davlat texnika universitetida sun’iy intellekt texnologiyalarini standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalariga joriy etish masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori maslahatchisi Noibaxon Mamadaliyeva universitetda tashkil etilgan sun’iy intellekt laboratoriyasi faoliyati bilan tanishdi. Laboratoriyadagi robototexnika, bionika va startap-akselerator markazlari, shuningdek, 9 ta aqlli xonada talabalar uchun yaratilgan ilmiy-texnik sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Uchrashuvda sun’iy intellekt texnologiyalarini standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohalariga keng joriy etish, mazkur yo‘nalishlarda ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish hamda oliy ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
✅ Xususan, sun’iy intellekt vositalaridan standartlar talablarini chuqur tahlil qilish, texnik hujjatlar bilan ishlashni raqamlashtirish, o‘lchash natijalaridagi xatoliklarni avtomatik aniqlash hamda metrologik ta’minot samaradorligini oshirishda foydalanish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, sertifikatlashtirish jarayonlarida mahsulotlar muvofiqligini baholash, sinov natijalarini tezkor qayta ishlash va sun’iy intellekt algoritmlari orqali xolis qarorlar qabul qilishga axborot-tahliliy ko‘mak berish istiqbollari muhim yo‘nalish sifatida qayd etildi.
Muloqot yakunida universitet talabalari va professor-o‘qituvchilarining innovatsion loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, Agentlik tizimidagi tashkilotlar bilan amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda soha uchun zamonaviy texnologiyalarni puxta egallagan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha istiqbolli vazifalar belgilab olindi.
🌐 standart.uz | 😎 Facebook | 😎Instagram | 😎YouTube






