NAMDTU YOSHLAR YETAKCHISI RESPUBLIKA FORUMIDA ISHTIROK ETDI
Oliy ta’lim yoshlar yetakchilari forumi yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, yetakchilarning kasbiy va shaxsiy kompetensiyalarini rivojlantirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda yangi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi.
Forumda Namangan davlat texnika universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yoshlar yetakchisi Ortiqxonov Qudratillo ham faol ishtirok etdi.
Dastur doirasida yoshlar yetakchilarining vazifa va mas’uliyatlari, shaxsiy brendni shakllantirish, nutq madaniyati, samarali muloqot hamda raqamli kompetensiyalarni rivojlantirishga bag‘ishlangan seminar va treninglar o‘tkazildi. Shuningdek, “IELTS Marafon”, “Suvni birgalikda asraymiz”, “Kitob-top”, “Mutolaa” va “Ibrat farzandlari” kabi loyihalarning imkoniyatlari taqdim etildi.
Forum doirasida Yoshlar ishlari agentligi direktori, senator Alisher Sa’dullayev hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Xayrulla Sattarov ishtirokidagi ochiq muloqot ham tashkil etildi. Unda yoshlar yetakchilarining takliflari tinglanib, boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini yanada samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Forumda o‘zlashtirilgan bilim va tajribalar NamDTUda yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, talabalar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda universitet yoshlarining ijtimoiy faolligini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Batafsil
👀На русском 👀In English
NamDTU rasmiy axborot kanallari:
Web-site | Telegram | Instagram | X
Facebook | YouTube | LinkedIn
Post #32636
1.22K







- ❤ 3
- 👍 1