📣📣📣📣📣
🎙 “NAMDTUDAN GAPIRAMIZ” — RADIO LOYIHASIGA BOSHLОVCHI QIDIRAMIZ!
Namangan davlat texnika universitetida yangi “NamDTUdan gapiramiz” radio loyihasi yo‘lga qo‘yilmoqda.
Loyiha universitet hayotidagi muhim yangiliklar, talabalar yutuqlari, ilmiy izlanishlar, dolzarb mavzular va yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni ovozli eshittirishlar orqali keng yoritishni maqsad qilgan.
Shu munosabat bilan talabalar orasidan loyiha boshlovchisi tanlab olinadi!
Sizda quyidagi qobiliyatlar bormi?
🎤 Ravon va ta’sirchan nutq;
🎧 Yoqimli ovoz va to‘g‘ri talaffuz;
💡 Ijodkorlik va mustaqil fikrlash;
🤝 Mas’uliyat va jamoa bilan ishlash ko‘nikmasi.
Unda imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! O‘z qobiliyatingizni namoyon eting va universitetimizning yangi radio loyihasi boshlovchisiga aylaning.
Ishtirok etish uchun: o‘zingiz haqingizda qisqacha ma’lumot hamda 1 daqiqalik ovozli tanishtiruv yuboring.
📍 Murojaat uchun: @Sevara_Komiljonovna
“NamDTUdan gapiramiz” — universitetimiz ovozi siz bo‘lishingiz mumkin!
NamDTU rasmiy axborot kanallari:
Web-site | Telegram | Instagram | X
Facebook | YouTube | LinkedIn
Post #32628
1.73K

- ❤ 2
- 🔥 2