1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
OLMAOTADA EPU XALQARO YALPI YIG‘ILISHI VA ERASMUS+ HAMKORLIK SEMINARI BO‘LIB O‘TDI
2026-yil 7–9-oktabr kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahridagi Al-Farobiy nomidagi Qozoq Milliy universitetida Eurasia-Pacific Uninet (EPU) xalqaro yalpi yig‘ilishi va Erasmus+ hamkorlik seminari tashkil etildi.
Tadbirda Namangan davlat texnika universiteti xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori, oliy ta’lim islohoti eksperti Ilhomjon Abdurahmanov universitet nomidan ishtirok etdi.
Xalqaro yig‘ilish doirasida akademik mobillikni rivojlantirish, qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, oliy ta’lim muassasalari va mehnat bozori o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda Erasmus+ dasturi imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.
Mazkur tadbir Namangan davlat texnika universitetining xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish va akademik almashinuvni rivojlantirish uchun muhim imkoniyat bo‘ldi.
Batafsil
👀На русском 👀In English
NamDTU rasmiy axborot kanallari:
Web-site | Telegram | Instagram | X
Facebook | YouTube | LinkedIn
Post #32566
582







- 👍 1
- 🔥 1