📰📰📰📰📰📰📰📰
“NAMANGAN AXBOROTI”DA: NAZARIYADAN AMALIYOTGA
Namangan davlat texnika universiteti va “Vatanparvar” tashkiloti hamkorligida yo‘lga qo‘yilgan dual ta’lim jarayonlari “Namangan axboroti” informatsion dasturida yoritildi.
Telelavhada “Transport vositalari muhandisligi” ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi kurs talabalarining amaliy mashg‘ulotlari, laboratoriya va ustaxonalardagi faoliyati, transport vositalarini boshqarish bo‘yicha mashqlari hamda hamkorlikning natijalari aks etdi.
E’tiborlisi, mazkur hamkorlik doirasida universitetning ushbu ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilaridan 10 nafari “Vatanparvar” tashkilotiga ishga qabul qilingan.
Dual ta’lim — nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlash, malakali mutaxassislar tayyorlash va bitiruvchilar bandligini ta’minlashning muhim yo‘nalishi.
Telelavhani tomosha qiling!
Batafsil
👀На русском 👀In English
NamDTU rasmiy axborot kanallari:
Web-site | Telegram | Instagram | X
Facebook | YouTube | LinkedIn
Post #32585
958