TGViewer
NamDTU • NamSTU • НамГТУ NamDTU • NamSTU • НамГТУ @namdtuuz · 6.04K subscribers
Post #32586 1.18K
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
NAMDTU XALQARO AKADEMIK HAMKORLIK DOIRASIDA

2026-yil 8-oktabr kuni Qozog‘istonning Olmaota shahrida Eurasia-Pacific Uninet (EPU) xalqaro akademik tarmog‘ining navbatdagi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universitetida tashkil etildi.

Yig‘ilishda EPUga a’zo oliy ta’lim muassasalari vakillari hamda Avstriyaning Ta’lim va xalqarolashtirish agentligi (OeAD) rahbariyati ishtirok etdi.

Majlisda xalqaro tarmoqning yillik faoliyati sarhisob qilinib, ilmiy loyihalar tanlovi, akademik mobillik, istiqbolli tashabbuslar va kelgusi yilga mo‘ljallangan hamkorlik rejalari muhokama qilindi.

Eurasia-Pacific Uninet doirasidagi hamkorlik oliy ta’lim muassasalari uchun xalqaro ilmiy aloqalarni mustahkamlash, qo‘shma tadqiqotlarni rivojlantirish va akademik tajriba almashish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Namangan davlat texnika universiteti uchun bunday xalqaro akademik maydonlardagi ishtirok xorijiy hamkorlar bilan ilmiy-ta’limiy aloqalarni rivojlantirish va yangi qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyatga ega.

Batafsil
👀На русском  👀In English

NamDTU rasmiy axborot kanallari:
Web-site |  Telegram |  Instagram | X
Facebook |  YouTube |  LinkedIn
  • 👍 2
  • 👏 1
More from @namdtuuz
  1. Oct 11, 20261️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ NAMDTU PROREKTORI XALQARO SEMINARDA O‘ZBEKISTON NOMIDAN MA’RUZA QILDI 2026…
  2. Oct 11, 2026“Kelajak soati” darsida navbatdagi mavzu: Odatlar hayotimizni o‘zgartiradi Dars ssenariysi…
  3. Oct 11, 2026#Dayjest | #Talabalar_xavfsizligi Talabalar doimiy e’tiborda! Respublikamizdagi oliy ta’li…
  4. Oct 11, 2026🏆 O‘zbekiston — robototexnika bo‘yicha jahon chempioni! 🇰🇷Janubiy Koreyaning Incheon sh…
  5. Oct 11, 2026#diqqat_tanlov Talabalar uchun startaplar bo‘yicha “Eng yaxshi kreativ g‘oya” respublika t…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →