AN’ANAVIY IKKINCHI MILLIY PARAD — NIGOHLARGA HAYRAT, QALBLARGA G‘URUR!
Namangan viloyati hokimligi bilan hamkorlikda Namangan davlat texnika universitetida An’anaviy ikkinchi milliy parad o‘tkazildi.
Tadbirda 2000 nafardan ortiq talaba-yoshlar milliy liboslarda ishtirok etdi. Rektor Oybek Ergashev boshchiligida boshlangan parad universitet hududidan “Yoshlar bog‘i”gacha davom etdi.
Milliy liboslarda saf tortgan yoshlar ishtirokidagi yurish Namangan ko‘chalarida o‘ziga xos manzara yaratdi.
“Yoshlar bog‘i”da tadbir “O‘zbegim yoshlari” sayli bilan davom etdi. Unda milliy liboslar namoyishi, kuy-qo‘shiq va raqslar, turli madaniy-ma’rifiy hamda ko‘ngilochar dasturlar tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi — milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib qilish, yoshlarning milliy g‘ururi va yurtga daxldorlik tuyg‘usini mustahkamlash, milliy libos va an’analarni yoshlar orasida ommalashtirishdan iborat bo’ldi.
Post #32405
1.07K







