TGViewer
NamDTU • NamSTU • НамГТУ NamDTU • NamSTU • НамГТУ @namdtuuz · 6.02K subscribers
Post #31911 1.52K
📰📰📰📰
TALABALAR YASHASH SHAROITI TIZIMLI NAZORAT QILINMOQDA

Namangan davlat texnika universitetida talabalarning yashash sharoitlarini o‘rganish, xavfsizligi va ijtimoiy-maishiy holatini nazorat qilish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularni manzilli hal etish maqsadida fakultet dekanlari va mas’ul rahbarlar tomonidan talabalar turar joylari hamda ijara xonadonlarida monitoring ishlari olib borilmoqda.

O‘rganishlar davomida talabalarning yashash sharoiti, xonalarning umumiy va sanitariya-gigiyena holati, xavfsizlik talablari, ichki tartib-qoidalarga rioya etilishi, elektr va isitish tizimlarining holati, ijara bilan bog‘liq masalalar, shuningdek, talabalarni qiynayotgan muammo va murojaatlar atroflicha o‘rganilmoqda.

Aniqlangan masalalar bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilanib, ularni bartaraf etish va ijrosini nazorat qilish choralari ko‘rilmoqda.

Mazkur monitoring ishlari talabalar uchun xavfsiz, qulay va munosib yashash sharoitlarini ta’minlash, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda ta’lim olish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan omillarning oldini olishga qaratilgan.

NamDTU rasmiy axborot kanallari:
Web-site |  Telegram |   Instagram  X
Facebook |  YouTube |  LinkedIn
  • 👍 3
  • ❤ 2
More from @namdtuuz
  1. Oct 14, 2026Қибрай туманида “Сув етказиб бериш хизмати” давлат муассасаси раҳбари ушланди Бош прокурат…
  2. Oct 14, 2026#diqqat #muhim_yangilik #Xavfsiz_bot #dinshunoslik_ekspertizasi 🔻 Diqqat, muhim yangilik!…
  3. Oct 14, 2026Internetdagi diniy axborotlarga aldanmang — ishonchli manbani tanlang! “MEZON” platformasi…
  4. Oct 14, 2026Tong O‘zbekiston madhiyasi bilan boshlandi! Namangan davlat texnika universiteti Yashil tr…
  5. Oct 14, 2026Har tongda, yengil nafas Yashil transformatsiya va texnologiya fakultetida chorshanba — sp…
  6. Oct 14, 2026NAMANGAN DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI 1-sonli talabalar turar joyida “Chorshanba — sport ku…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →