Energetika loyihalari katta sarmoya va murakkab infratuzilmani talab qiladi. Yer ajratish, tarmoqqa ulanish yoki texnik shart olishdagi birgina kechikish ham butun loyihaga ta’sir qiladi.
“ACWA”, “Vision Invest”, “DataVolt”, “Voltalia” va “EDF” kabi kompaniyalar bu masalalarni doimiy muloqot orqali hal qilishni taklif etdi.
Buni hisobga olib, Prezidentimiz Yoqilg‘i-energetika sohasida investorlar kengashini tashkil etishga qaror qilganini ta’kidladi. Kengashga Prezident Administratsiyasi Rahbari Saida Mirziyoyeva boshchilik qiladi.
Kengash yer ajratishdan obyekt ishga tushguniga qadar sarmoyadorlar duch keladigan masalalarga tezkor yechim topish bilan shug‘ullanadi.
Doʻstlaringizga ulashing ✈️
➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖
✅ Telegram | 🌐 Instagram
💬 Facebook | 📹 You Tube
Post #39899
694
