– Biz energetikaga iqtisodiyotning shunchaki bir tarmog‘i sifatida qaramayapmiz. Bu – o‘z kelajagimiz va farovonligimizning mustahkam tayanchi. Bizga quruq sarmoya emas, qalban bog‘langan o‘zaro ishonch va chin sheriklik kerak. Bugungi muloqotimizning bosh mazmuni ham shunda.
Har bir yangi loyiha hududlarimizdagi chinakam o‘zgarish, odamlarimizning o‘z hayoti, o‘z ishi va o‘z taraqqiyoti uchun mustahkam zamin degani. Shu bois, hamkorligimizdagi bosh tamoyil bitta: sizning investitsiyangiz mamlakatimiz taraqqiyotiga qanchalik nur olib kirsa, yurtimizdagi yuksalish sizning o‘z muvaffaqiyatingizga shunchalik keng yo‘l ochadi.
Chin ma’nodagi sheriklik bu – o‘zaro ishonch, o‘zaro mas’uliyat va o‘zaro manfaatdir,
– dedi Prezidentimiz.
Davlatimiz rahbari investorlarning asosli takliflarini eshitish, muammolarini hal qilish va yangi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi. Shundan so‘ng sarmoyadorlar bilan bevosita muloqot qilindi.
Doʻstlaringizga ulashing ✈️
➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖
✅ Telegram | 🌐 Instagram
💬 Facebook | 📹 You Tube
