TGViewer
MY5 TV MY5 TV @my5tv · 53.2K subscribers
Post #39903 1.18K
❗️Yoqilg‘i-energetika sohasidagi Investorlar kengashiga Saida Mirziyoyeva boshchilik qiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev yoqilg‘i-energetika sohasidagi investitsiya loyihalarini jadallashtirish va investorlar duch kelayotgan muammolarni tezkor hal etish maqsadida Investorlar kengashini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilinganini ma’lum qildi. Kengashga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva boshchilik qiladi.

Yangi kengash yer ajratishdan tortib, elektr tarmoqlariga ulanish, texnik shartlarni olish va obyektlarni ishga tushirishgacha bo‘lgan jarayonlarda investorlar duch kelayotgan masalalarga tezkor yechim topish bilan shug‘ullanadi. Bu tashabbus energetika loyihalaridagi byurokratik to‘siqlarni kamaytirish, hamkorlikni yaxshilash va investitsiyalarni o‘z vaqtida amalga oshirishga qaratilgan.


Doʻstlaringizga ulashing ✈️
➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖ ➖
✅ Telegram | 🌐 Instagram
💬 Facebook | 📹 You Tube
More from @my5tv
  1. Oct 16, 2026Rustam Sabinani yana qutqarib qoldi 🔥 Ammo muhabbat bor joyda yolg‘onga o‘rin bormi? Izoh…
  2. Oct 16, 2026🥲 Zinnuradan mening yashiradigan sirim yo’q 🏡 “Hovli sirlari” milliy serial premyerasi.…
  3. Oct 16, 2026🇺🇿 Öz tilim — ona tilim! 21-oktabr — Özbek tili bayrami kuni! Ona tilimiz — milliy özlig…
  4. Oct 16, 2026🎬 "Taqdir zarbalari” telenovellasini o‘tkazib yubormang! 🤩Bugun ⏰ 19:00 da 📺 @my5tv da!…
  5. Oct 16, 2026🦋 Kontent markazi 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami munosabati bilan "Ona tili — umumxalq m…
  6. Oct 16, 2026– Biz energetikaga iqtisodiyotning shunchaki bir tarmog‘i sifatida qaramayapmiz. Bu – o‘z…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →