TGViewer
Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti @mv_univer · 5.33K subscribers
Post #15457 1.4K
#Harbiy_xavfsizlik_va_mudofaa_universiteti_STOM

⚡️Ruhiy tetiklik va psixologik barqarorlik — sog'lom muhit asosi

Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti Serjantlar tayyorlash oliy maktabida Qurolli Kuchlar ishchi va xizmatchi ayollari ishtirokida “Qalbingizga dam bering” mavzusida psixologik hordiq soati tashkil etildi.

Tadbir oliy maktab psixologi tomonidan ayollarning ruhiy-emotsional holatini yaxshilash, psixologik zo‘riqishni kamaytirish, ijobiy kayfiyatni mustahkamlash hamda jamoada sog‘lom psixologik muhitni shakllantirish maqsadida o‘tkazildi.

Mashg‘ulot davomida ishtirokchilar turli psixologik treninglar, interfaol o‘yinlar va ruhiy hordiq chiqarishga qaratilgan mashqlarda faol qatnashdilar. Mazkur mashg‘ulotlar hissiy barqarorlikni qo‘llab-quvvatlash, o‘zaro samimiy muloqot va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qildi.

Samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbir ishtirokchilarga maroqli hordiq bag‘ishlab, ularning kayfiyatini ko‘tarish hamda kundalik faoliyatga yanada tetik va ijobiy ruhda qaytishlariga zamin yaratdi.

➡️Universitet rasmiy sahifalari:

📱Telegram |📱Instagram |📱Facebook |🇺🇿 akad.uz |📱YouTube
  • 👍 4
  • ⚡ 2
  • ❤ 1
  • 🔥 1
  • 👏 1
More from @mv_univer
  1. Oct 17, 2026#Harbiy_xavfsizlik_va_mudofaa_universiteti_QQI ⚡️Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti…
  2. Oct 17, 2026#Harbiy_xavfsizlik_va_mudofaa_universiteti ⚡️Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti kur…
  3. Oct 17, 2026#Harbiy_xavfsizlik_va_mudofaa_universiteti ⚡️Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti kur…
  4. Oct 17, 2026#Harbiy_xavfsizlik_va_mudofaa_universiteti_QQI ⚡️Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti…
  5. Oct 16, 2026#Harbiy_xavfsizlik_va_mudofaa_universiteti_QQI ⚡️Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →