⚡️Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Quruqlikdagi qo‘shinlar instituti 4-bosqich kursantlari bilan universitet boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Uchrashuv davomida kursantlarning ta’lim jarayoni, kelgusidagi xizmat faoliyati hamda harbiy xizmat davomida zarur bo‘ladigan bilim va ko‘nikmalar yuzasidan tegishli tavsiya va maslahatlar berildi.
Shuningdek, yosh harbiy mutaxassislarni tayyorlashda yuksak intizom, chuqur bilim, mas’uliyat va kasbiy mahoratning muhim jihatlari haqida so‘z yuritildi.
➡️Universitet rasmiy sahifalari:
📱Telegram |📱Instagram |📱Facebook |🇺🇿 akad.uz |📱YouTube



