IT Park Ventures O‘zbekistonning DOMO startapiga investitsiya kiritdi
Bugungi kunda DOMO’da 2,3 milliondan ortiq foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan. Servisning oylik faol auditoriyasi (MAU) 1,5 million foydalanuvchini, kunlik faol auditoriyasi (DAU) esa qariyb 700 ming foydalanuvchini tashkil etadi.
Jalb qilingan investitsiyalarni mahsulotni yanada rivojlantirish va biznesni kengaytirishga, jumladan, faoliyat geografiyasini kengaytirish, savdo va hamkorlik tarmog‘ini rivojlantirish, marketing, jamoani kuchaytirish hamda IT-infratuzilmani rivojlantirishga yo‘naltirish rejalashtirilgan.
👉 Batafsil Pivot.uz'da o'qing
@pivotuzbekistan
Post #926
740
