TGViewer
Muratov Blogi: AI Fintech Muratov Blogi: AI Fintech @muratovuz · 1.48K subscribers
Post #924 849
Neyrotarmoq tarvuz yetishtirdi 🍉 (yo‘q, rostan)

Yaroslavl’da bir nafaqaxo‘r ayol issiqxonasida 18 kilogrammli gigant tarvuz o‘stiribdi. Qanday qildingiz deyishsa - tarixiy me’ros yoki qo‘shni buvining maslahati emas, balki sun’iy intellekt ekan 🤖

Nabirasi Alisadan so‘ragan, u esa oddiy 5 ta maslahat bergan:

- tuproqni ortiqcha namlamaslik;
- issiqxonani muntazam shamollatish;
- ortiqcha mevalarni uzib tashlash;
- faqat bitta eng kuchli tugunni qoldirish;
- tarvuzni tagiga taxta qo‘yish;

Tamom. Natija - butun shaharni hayratga solgan tarvuz.

Gap shundaki 👇

Oshxona pichog‘i bilan mazali ovqat ham tayyorlasa bo‘ladi, birovga zarar ham yetkazsa bo‘ladi. Pichoqning o‘zi na yaxshi, na yomon - hammasi kimning qo‘lida ekaniga bog‘liq.

Sun’iy intellekt ham xuddi shunday. Kimdir uni ermak uchun qayoqdagi narsalarni so‘rashga kerak, kimdir esa aynan o‘z ishida - tarvuz yetishtirishdanmi, biznesni yuritishdanmi - haqiqiy natijaga aylantiradi.

Savol AI seni almashtiradimi-yo‘qmi emas. Savol - sen uni nimaga ishlatyapsan? 🌱

💻 @muratovuz
  • 👍 4
  • 🔥 4
More from @muratovuz
  1. Oct 6, 2026Startup'chisiz, har bir mijozingiz uchun kod yozayotgan bo'lsangiz, sizni tabriklayman, si…
  2. Aug 26, 2026Oxirgi paytlarda AIBA.uz da ko‘plab Pivotlarni amalga oshirdik. AI ni bizneslarda unumli q…
  3. Aug 26, 2026IT Park Ventures O‘zbekistonning DOMO startapiga investitsiya kiritdi Bugungi kunda DOMO’d…
  4. Aug 23, 2026AI agentga zalga yozilishni topshirding - u esa haker bo’lib qaytti zaldan 😁 Avstraliyali…
  5. Jul 27, 2026🚽 Hojatxona qog'ozi sizni milliarder qilishi mumkin Tasavvur qiling, hojatxonadasiz va is…
  6. Jul 27, 2026photo post
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →