TGViewer
Channel Public Channel
Muhammad Amin Naziraliyev

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz

Codial - Zamonaviy Kasblar Akademiyasi asoschisi, SayyidSafo Akademiyasi va Safo Bog'chasi rahbari Muhammad Amin Naziraliyevning blogi
Subscribers
599
Photos
1.2K
Videos
76
Links
434
Recent Posts 17 shown
Post #2924 199
Yaxshi yoki yomon

Sizga bilmagan narsangizni sodda usulda tushuntirib berishsa yoqadimi? Albatta yoqadi. Amal qilish ham oson kechadi.

Biz ham Safo bog'chamizda odatlarimizni "Yaxshi" yoki "Yomon" odatga ajratib o'rgatamiz.

Yotoqxonaga taqqilatib, ruxsat so'rab kirish yaxshi odat.

Chiqindini mashinadan tashqariga tashlash yomon odat.

"Daraxt nihol paytida egiladi" deyishadi ustozlar.

Otangiz, bobongiz o'rgatgan bir dona odobni eslab ko'ring. Ular erinmasdan ko'rsatib ham berishgan. Umr bo'yi esimizdan chiqmaydi.

Misol uchun: Bizni opoqimiz(qiblagohni qiblagohlari) taomlanib bo'lgandan keyin dasturxon tugul o'tirgan o'rnimizda ham uvoq qolmasligini ta'kidlab amaliy o'rgatar edilar.

Ba'zi taomlanayotgan odamlarni ko'rib afsus yoshligi o'tib ketibdida deymiz.

Biz ham bog'chamizda har bir odatni amaliy ko'rsatib beramiz. Sahna ko'rinish orqali.

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz
Post #2923 374
Ayol tanlashdagi qarash kerak bo'lgan jihatlar haqida trening qilgan edim 1 yil oldin. Audiosini bir shogirtimizga berdim. Xulosalar yozib yuboribdilar:

— Fikrlashni bir xil bo'lishi. Keyinchalik ham birga kelishib ketish uchun muhim.

— Oilaviy sharoitlarni bir xil bo'lishi.

— Uydagilarga yoqishi sababni 70% vaqtini ota-ona bilan o'tkazadi va otam-onaga yoqmasa, chiroyli bo'lsa ham ko'ngil qolib ketadi.

— Onamiz tanlaganlarini olish muhim, chunki ular bizni o'zimizdan ko'ra ko'proq tushinishadi.

— Chiroy o'tkinchi. Muhimi asosiy jihatlar hisobga olinishi kerak: qizni din-diyonati, mentaliteti, kelajakdagi rejalari va uydagilar ham yoqishi. Bu jihatlar bo'lmasa chiroy ham bilinmasdan ketadi

— Oradagi yosh 3 yoshdan baland bo'lgani yaxshi. Keyinchalik ham yoshroq bo'lib ko'rinadi.

— Qizni o'zgartirishda ehtiyot bo'lish kerak. 18-yilda shakillangan fikrlashni 1-2oy yoki yilda o'zgartirib qo'yish deyarli imkonsiz.

— Oila qurish bu 1-2 yil ishlatib tashlab yuboriladigan telefon emas balkim butun umrini sarflaydigan inson tanlanyapti shuning uchun to'g'ri inson topish muhim

— Oiladi erkak kishi dominant bo'lgan oiladan qiz olgan yaxshi chunki o'sha qiz ham onasi kabi dominant bo'lishga harakat qiladi va keyin urush chiqishi mumkin.

— To'ydagi ertalabki oshlar isrof emas, balkim ehsondir. Siylaiy-rahmni ham ushlab turishga yordam beradi. Anchadan beri ko'rishmagan insonlar bilan ko'rishib diydorini ko'radi.

— To'yni deb ota-ona bilan tortishmaslik kerak, lekin qadryatga to'g'ri kelmaydigan holatlarni yaxshi yo'lda tushintirish kerak.

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz
Post #2922 630
Turkiya🇹🇷

Kamina borgan 5-davlat Turkiya bo'ldi.

Sayohatda shunaqa ko'p narsa oldimki, ko'payib ketmasmikin degan o'yda qalamimni siyohdonga olib borishni boshladim.

1. Turkiyaga sayohatga borib kelgan odam "Bir marta borishlik davlat ekan" demaydi. Qayta-qayta borgisi keladigan davlat ekan.

2. Har taraflama o'ziga jalb qiladigan. Tog' deysizmi, daryo, o'rmonu-shaharlar, tarixiy va diniy asori-otiqalar bor ekan.

3. Dam olaman desa dam, ziyorat qilaman desa ziyorat, o'rganaman desa tarixlar bor.

4. Aholisi 86 mln kishiga yaqin va 2025-yildagi yalpi ichki mahsuloti 1,6 trillion $. 81 ta viloyatdan iborat bo'lib, poytaxti Anqara.

5. Bayroqni yaxshi ko'rishadi. Har yerda bayroq. Uyda ham, ishxona, restoranu-do'konda.

6. Istanbulni dunyo poytaxti deyishar ekan.

7. Taksilarida hisoblagich bitta faqat aylantirib olib borishiga xushyor bo'linsa bas. Osoni manzilni o'zingiz ham urib olishingiz.

8. Fotihda turdim, chorshanba ko'chani o'zida. Basiyrat ko'zi bilan qaralsa qanotsiz farishtalarni ko'rar ekansiz. Axloqli insonlar isteqomat qiladigan hududi ekan.

9. Ovqatlaridan menemen, pide, iskandar kaboblari yoqdi, ayniqsa ko'chadagi kulchalariga narsa surtib yesangiz yana yegingiz keladi.

10. Ko'chalari ko'pi tor. Ko'p qavatli uylardan iborat. Mushuklar erkin va ko'p. Ko'rganimiz semirib yotibdi. Mushukka muhabbatim oshib keldi.

11. Turkiya mustamlaka bo'lmagan davlat ekan.

12. Tili juda yaqin. Ular gapirsa bemalol tushuna olar ekanmiz. Ozgina til bilganim uchun qiynalmadim. Qiynalib bo'lsa ham ularni tilida gapirsangiz hurmat qilishar ekan.

13. Jamoat transporti yaxshi rivojlangan. Taksi, metro, tramvay, aftobus. Uni ustiga kemalar ham bor. Istanbul karta hammasi uchun yechim.

14. Ko'chalari baland-paslik bo'lgani uchun ko'pam piyoda yurish tavsiya qilinmaydi. Charchab qolasiz.

15. Havosi yoqdi. Kayfiyat va uyquga yaxshi ta'sir qilar ekan.

Yozsam yana davom etaveradi. Shu joyda to'xtaymiz.

Shu bilan 3 davlatga bo'lgan sayohatim yakunlandi.

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz
Post #2921 548
Misr(Egypt)🇪🇬

Kamina borgan 4-davlat Misr bo'ldi.

1. Aholisi 110 mln kishiga yaqin va 2025-yildagi yalpi ichki mahsuloti 365 milliard $ ekan. 27 ta viloyatdan iborat bo'lib, poytaxti Qohira.

2. Aksar aholisi 150$ ga ishlaydi. Eng yaxshi restoraniga kirgan edik bizdan boshqa odam yo'q ekan. Qiynalib yashashar ekan.

3. Yangi Qohira loyihasi qilingan. Bilishimcha loyiha o'zini oqlamagaman.

4. O'zbeklarni asosiy qiladigan ishi haydovchilik. Viloyatdan viloyatga o'zbeklarni tashishar ekan.

5. Mashina nomingizga sotib olish mumkin. Boshqa davlatdan kelgan bo'lsangiz ham. O'zbeklar mashinalarni ijaraga berish bilan pul topishar ekan.

6. Uylar, ko'p qavatlilar asosan kul rangga bo'yalar ekan. Fikrimcha cho'l zo'nalar bo'lgani uchun har hafta keladigan shamol bo'lgani uchun.

7. Dunyodagi eng qadimiy universitet Azhar bor. 1050-yil bo'libdi ochilganiga. Afsuski kirish nasib qilmadi.

8. Misrda bir dona svetofor ko'rdim. U ham ishlamayapti. Radarlarni aytmasa ham bo'ladi. Urilmagan mashinani o'zi yo'q.

Bir ikki narsalar hisobga olinmasa Misr juda yoqdi. Har joyda man salbiy taraflari bo'ladi. Sayohatga salbiy taraflari ta'sir qilmagani uchun yozmadim.

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz
Post #2920 690
Qozog'iston🇰🇿

100 ta davlatga borishni niyat qildim. Hayotim davomida. Ehtiyoj bo'lmasa ijtimoiy tarmoqqa qo'ymayman.

Kaminani ko'rgan 3-davlati Qozog'iston bo'ldi.

Xulosalar:

1. Uylanish huddi biznikiga o'xshash holat.

Uyimni to'g'irlashim kerak. Qiz tarafga katta mahr, otam ko'p to'ylarga borganlar biz ham katta to'y qilishimiz kerak kabi o'ylar.

Buydoqlar 27-28-yoshga kirib qolyapti ekan. Kamtarona to'y uchun ham 7 million tenge 15.000$ ga yaqin pul ketar ekan.

2. Yurish turish, kiyinish, bolalar tarbiyasi anchagina g'arb tarafga o'tib bo'lgan.

Qozog'istonda yurib ancha qiynaldim.

3. Rivojlanishni yo'llar binolar mashinalar bilan taxminiy ko'rsa bo'ladi. Statistikada ham yalpi ichki mahsuloti 2025-yilda 300 milliard bo'libdi.

Aholi esa 20 mln kishiligini hisobga olsak yaxshi ko'rsatgich.

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz
Post #2919 607
Blog haqida

O'zi bu blogda yashashim davomida olgan xulosalarni yozib boraman.

Sayohat, voqea, ibrat va nasihat.

Soddaroq:

1. Uyimizda janoza va pataha(asl so'z fotiha) bo'ldi. Tanamda his qildim, o'yladim, ko'rdim. Shundagi xulosalarni yozdim.

2. Umraga bordim. Qiyinchlik, ogohlantirish, sherik tanlash, kattalarni olib borish haqida yozdim.

3. 100 ta davlatga borishni reja qilganman. Borganimda ko'p nasihatlar olyapman. Shularni yozaman. Ehtiyoj bo'lmasa ijtimoiy tarmoqqa qo'ymaslik.

Bu blog hayotimni izma-iz taqib qilib boradi.

Aqlli gaplar, ajnabiy olimlardan iqtiboslar va ularni sharxi. Yo'q, yo'q. Bu ishlar kaminaga mos emas.

Lekin unday kitoblar o'qib, suhbatlarini tinglab turaman.

Azbaroi kamtarligimni qarang)

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz
Post #2918 915
Patahadan xulosalar

Uyimizda janoza va pataha bo'ldi. Xulosalar oldim:

1. Janoza va patahada mayyit egasini oldida turish kerak ekan. Dardiga sherik, siniq ko'ngliga darmon bo'linar ekan.

2. Patahaga kelganda quchoqlab imkon bo'lsa dadil quchoqlab sabr tilash yaxshi ekan. Mayyit egasiga quvvat bo'lar ekan.

3. Ko'pchilikda 2-3 marta borsa malol kelib qolmasin deb o'ylaydi. Aslo, odam dardini odam olar ekan. Kelib tursa ziyoni yo'q ekan.

4. Kelganda vafot etgan odamni faqat fazilatlarini, o'tgan hodisalar, qilgan yaxshiliklarini gapirilsa mayyit egasi juda xursand bo'lar ekan.

5. Qo'shnilar xushyor bo'lishi, janoza va patahada hovlisini berib turishi kerak ekan. Erkaklar va ayollar alohida bo'lgani uchun. O'sha qo'shnidan bir umr minnatdor bo'lib o'tilar ekan. Bu qo'shnichilik haqqi ham.

6. Yozda nonni o'rniga suv olib kelish kerak ekan. 0,5 litrlikdan.

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz
Post #2916 978
Yoshlikda sayohat

Opoqim doim "Yoshlikda sayohat qilinglar" deydilar.

O'zlari ham o'sha davrlarda 17 ta davlatga borganlar. Germaniya, Iordaniya, Suriya, Rossiya va hokazo.

Aytadilarki: Sayohat faqat dam olish emas ibratlanish, yangi g'oyalar topish uchun qilinadi.

Yosh bir joyga borganda yangi g'oya nega kerak?

Quvvatdan qolib, sog'liqda muommo bo'lganda ba'zi bir ishlarga qunt qilmay qo'yiladi.

Yoshlikdagi kichik taasurot ertangi katta ishlarni debochasi bo'ladi.

Sayohat deganda faqat chet el emas. Boshqa viloyat, boshqa shahar, narigi qishloqqa borish ham sayohat.

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz
Post #2915 778
Topa olmaysiz

Insonga shunday tabiat bergan ekanki, doim bir narsaga intilib yashaydi.

Uylar soladi, xursand bo'ladi. Lek bir kemtik to'lmaydi.

Pullar topadi, farzandini uylaydi. Lek nimadir yetishmayotgandek.

Qo'sha-qo'sha ishxonalar, yordamchilari oldida. Lek mazzasi tugal bo'lmaydi.

Tog'ga chiqar, safarga, birovlar chiqmaydigan qoyalar. Lek qidirayotgani u yerda ham emas.

Afsus, qidirayotgan narsasi na hashamatdan, na tog'u toshlardan, na safarda topadi.

Uni, uni topganlar huzuridan topiladi.

Nelarni ko'rmadi bu ko'zlar.

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz
Post #2914 765
Qurilishdan xulosalar

Blog'dan maqsad nima bo'lsa yozish emas xulosalarni yozish. Usta ishlatdik, ba'zi narsalar o'rgandim.

1. Darvozani katta qo'yilsa zarari yo'q ekan. Buyumlar, mashina, qurilishda katta darvoza yaxshi asqotar ekan.

2. Mo'ljallagan puldan 2x ko'p ketadi. Hisob taxminiy bo'ladi, yo'lda esa kutilmagan xarajatlar bisyor. Ayniqsa ish "puxta, yaxshiroq" so'zlari bilan bezansa.

3. Ustalar vaqtida boshlamasligi va vaqtida tugatmasligi tabiiy xol. Vaqtida tugatmasligi vaqtida boshlamaganidan.

Ba'zi ishlar ob-havo va xom-ashyo hisobiga cho'zilib ketadi. Shogirtni kasal bo'lib qolishi, to'y va hokazo. Siznikida shunday bo'lganidan keyin keyingi ishga ham kech qolishadi.

4. Uyni oppoq qilish keyinchalik kayfiyatga ta'sir qiladi. Oq patalok, oq gilam, oq aboy shular qatori. Bir xil narx lekin kayfiyat.

Ps: Rus so'zlari uchun uzr.

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz
Post #2913 644
Ipsiz bog'langanlar

3ta xo'jalik bir uydamiz, uy olishga majburman.

Farzandim nogiron, pul yetkaza olmayapman.

Singlim qaytib kelib qolgan, Rossiyada ishlamasam bo'lmaydi.

Butun oilam menga qarab qolgan. Va boshqalar.

Ipsiz bog'langanlar deb shularni aytiladi.

Bularni dardi ichida. Nima ish qilsa ham ipsiz bog'langani yuzma-yuz chiqaveradi.

Vaqti kelib rohatini ham ko'rishadi. Abadiyatda ham.

Bularni dangasa, jur'atsiz yoki tavakkal qila olmaydi, deb baholamang. Ko'rinmas iplari bor.

Kimnidir mas'uliyat bog'lagan, kimnidir singil, kimnidir farzand, kimnidir ota-ona.

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz
Post #2912 750
Niyat yetarli

"Ikki yil oldin bir uyga kirib havas qilib chiqqan edim. Shunaqa uy oldim" deydi Jamshid.

"O'qishni boshlaganimda oyligim 2.000$ deganlarga havas qilar edim. Meni oyligim shunga chiqdi" deydi Karim.

Shu gaplarni ko'p eshitamiz.

Ba'zida qalbdan havasni o'zi kifoya. Bir kun erishasiz.

Harakat shart deyishadi kimdirlar. Lekin qanday erishib qolganini bilmay qoladi.

Hisoblasangiz matematikaga to'g'ri kelmaydi.

Havas qilgandan keyin qalbdan niyat qilar ekanmiz, oz qoldi deyavering.

Demak, do'stimiz olgan narsasiga, erishgan yutug'iga birinchi tabriklaymiz. Keyin havas qilamiz va qattiq xohlab niyat qilamiz.

Bir sinab ko'ringda!

ps: Qasd qilish yo'nalish beradi. Inson nimaga qasd qilsa, miyasi o'sha narsani ko'proq payqay boshlaydi. Oldin e'tibor bermagan imkoniyatlarini ko'radi.

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz
Post #2911 803
Qolaymi yoki ketayli?

Ishxona bilan xayrlashaymi yoki qolaymi?

Oddiy qoida bor: Ishxonada qolishda yoki moliyaviy o'sayotgan yoki shaxsiy va kasbiy o'sayotgan bo'lishingiz kerak.

Moliyaviy o'sayotgan, oyligi har safar yaxshi foizga oshib borayotgan bo'lsa qolish kerak.

Pul orqali umum o'sishni tashqaridagi kurs va mentorlardan olib olish mumkin.

Endi ishxonada shaxsiy va kasbiy o'sayotgan lekin oylik kam oshayotgan bo'lsa ham qolib turish kerak.

Chunki tajriba orqali kelasi safar topmoqchi bo'lganingizni ikki barobar qilib chiqarib olish mumkin.

Ikkisi bor joy tanlash nur ustiga nur.

O'zimizda ko'p tajribadan o'tgan usul bu.

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz
Post #2910 777
Kichik maqsadlar

Narigi odamga yaxshilik qilingani uchun rahmat eshitish odamni xursand qiladi.

Bog'chani bir filiali to'ldi. Yangi filial ochish, joy ko'rish, xodimalar olish, tizim va ko'p muommolar bilan yeg'ishga kirib ketyapman.

Filial to'lganini nishonlash hayolda ham yo'q. Eski maqsadni nishonlamasdan yangisiga o'tib ketibman.

Keyin xato tuzatildi. Hissasi qo'shilganlarga bonuslar, rahmatlar aytildi.

Demak erishilgan maqsadni nishonlash keyingilariga dastak bo'ladi.

Yangi filialimizda ham sanoqli joylar qoldi.

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz
Post #2909 824
Ichdan buzilish

Ba'zi mevalar oldida achigan meva tursa ichdan aynir ekan. Boshqasi tashqaridan boshlanadi.

Muhit ham shunday. Oldida buzuq tursa ham buzilmagandek ko'rinadi.

Aslida ichidan darz ketishni boshlagan bo'ladi.

Qalblarga ozor, achinmaslik, vidjon yo'qolishi, yolg'iz qolgandagi o'ylar shular qatori. Ko'rinmay turadi.

Yomoni buni o'zi ham bilmaydi. Aynish ichdan bo'lgani uchun.

Ichdan aynimaslik uchun oldingizdagi mevaga nazar soling.

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz
Post #2905 1.41K
Sayohat

Sayohat qilish zavq beradi.

Qo'shni viloyat ham sayohat.

Bir faoliyatdan ikkinchisiga o'tish ham dam olish.

Sayohatga ko'p pul ketmaydi.

Fikrlar ochiladi, tolerantlik kengayadi, qobig'dan chiqiladi.

Qo'qon: O'rda ziyoratgohi

Toshkent: Angren, Sinegorye(moviy tog'lar) -> Ziyoratlar

Samarqand: Imom Buxoriy ziyorati -> Shoxi zinda -> Imom Moturudiy -> Registon

Surxondaryo: Hakim at-Termiziy maqbaralari -> Sulton saodat majmuasi -> ziyoratlar

Muhammad Amin Nazirali

@mnshuz
Older posts →

About this channel

How can I read @mnshuz without a Telegram account?
TGViewer shows the public web preview Telegram publishes for Muhammad Amin Naziraliyev: recent posts, photos, videos and the subscriber count, with no app, login or account.
How many subscribers does Muhammad Amin Naziraliyev have?
Muhammad Amin Naziraliyev (@mnshuz) has 599 subscribers on Telegram, refreshed roughly every 30 minutes.
Does Muhammad Amin Naziraliyev know I viewed it here?
No. Public channel previews carry no viewer identity, and TGViewer has no accounts or tracking of what you look up.
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →