TGViewer
Muhammad Amin Naziraliyev Muhammad Amin Naziraliyev @mnshuz · 599 subscribers
Post #2922 633
Turkiya🇹🇷

Kamina borgan 5-davlat Turkiya bo'ldi.

Sayohatda shunaqa ko'p narsa oldimki, ko'payib ketmasmikin degan o'yda qalamimni siyohdonga olib borishni boshladim.

1. Turkiyaga sayohatga borib kelgan odam "Bir marta borishlik davlat ekan" demaydi. Qayta-qayta borgisi keladigan davlat ekan.

2. Har taraflama o'ziga jalb qiladigan. Tog' deysizmi, daryo, o'rmonu-shaharlar, tarixiy va diniy asori-otiqalar bor ekan.

3. Dam olaman desa dam, ziyorat qilaman desa ziyorat, o'rganaman desa tarixlar bor.

4. Aholisi 86 mln kishiga yaqin va 2025-yildagi yalpi ichki mahsuloti 1,6 trillion $. 81 ta viloyatdan iborat bo'lib, poytaxti Anqara.

5. Bayroqni yaxshi ko'rishadi. Har yerda bayroq. Uyda ham, ishxona, restoranu-do'konda.

6. Istanbulni dunyo poytaxti deyishar ekan.

7. Taksilarida hisoblagich bitta faqat aylantirib olib borishiga xushyor bo'linsa bas. Osoni manzilni o'zingiz ham urib olishingiz.

8. Fotihda turdim, chorshanba ko'chani o'zida. Basiyrat ko'zi bilan qaralsa qanotsiz farishtalarni ko'rar ekansiz. Axloqli insonlar isteqomat qiladigan hududi ekan.

9. Ovqatlaridan menemen, pide, iskandar kaboblari yoqdi, ayniqsa ko'chadagi kulchalariga narsa surtib yesangiz yana yegingiz keladi.

10. Ko'chalari ko'pi tor. Ko'p qavatli uylardan iborat. Mushuklar erkin va ko'p. Ko'rganimiz semirib yotibdi. Mushukka muhabbatim oshib keldi.

11. Turkiya mustamlaka bo'lmagan davlat ekan.

12. Tili juda yaqin. Ular gapirsa bemalol tushuna olar ekanmiz. Ozgina til bilganim uchun qiynalmadim. Qiynalib bo'lsa ham ularni tilida gapirsangiz hurmat qilishar ekan.

13. Jamoat transporti yaxshi rivojlangan. Taksi, metro, tramvay, aftobus. Uni ustiga kemalar ham bor. Istanbul karta hammasi uchun yechim.

14. Ko'chalari baland-paslik bo'lgani uchun ko'pam piyoda yurish tavsiya qilinmaydi. Charchab qolasiz.

15. Havosi yoqdi. Kayfiyat va uyquga yaxshi ta'sir qilar ekan.

Yozsam yana davom etaveradi. Shu joyda to'xtaymiz.

Shu bilan 3 davlatga bo'lgan sayohatim yakunlandi.

Muhammad Amin Naziraliyev

@mnshuz
More from @mnshuz
  1. Oct 13, 2026Yaxshi yoki yomon Sizga bilmagan narsangizni sodda usulda tushuntirib berishsa yoqadimi? A…
  2. Oct 9, 2026Ayol tanlashdagi qarash kerak bo'lgan jihatlar haqida trening qilgan edim 1 yil oldin. Aud…
  3. Sep 12, 2026Misr(Egypt)🇪🇬 Kamina borgan 4-davlat Misr bo'ldi. 1. Aholisi 110 mln kishiga yaqin va 20…
  4. Sep 8, 2026Qozog'iston🇰🇿 100 ta davlatga borishni niyat qildim. Hayotim davomida. Ehtiyoj bo'lmasa…
  5. Sep 7, 2026Blog haqida O'zi bu blogda yashashim davomida olgan xulosalarni yozib boraman. Sayohat, vo…
  6. Aug 18, 2026Patahadan xulosalar Uyimizda janoza va pataha bo'ldi. Xulosalar oldim: 1. Janoza va pataha…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →