Xakaton 2026-yil 24–25-oktyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Ro‘yxatdan o‘tish — 10-oktyabrgacha.
Sovrinlar:
- 1-o‘rin — 30 mln so‘m
- 2-o‘rin — 20 mln so‘m
- 3-o‘rin — 10 mln so‘m
Jamoalar ikki kun ichida axborot xavfsizligiga oid real keyslar asosida MVP yaratib, hakamlar hay’ati oldida himoya qiladi. Ishtirokchilarga mentorlar yordam beradi, Uzum va OFFBOX mutaxassislari esa ma’ruzalar va amaliy tajribalari bilan bo‘lishadi.
Barcha ishtirokchilarga sertifikat va xakaton merchi beriladi.
Ishtirokchilar Uzum rekruterlaridan rezyume bo‘yicha maslahat olishi, eng yaxshilari esa kompaniyada amaliyot o‘tash uchun saralashning keyingi bosqichiga o‘tishi mumkin.
Jamoa tarkibi — 3–5 kishi. Tayyor jamoalar bitta umumiy ariza topshiradi. Yakka qatnashmoqchi bo‘lganlarga tashkilotchilar jamoa topishda yordam beradi.
Ro‘yxatdan o‘tish: uzum-hackathon.uz
Website | Telegram | Instagram |LinkedIn

