TGViewer
Digital.uz Digital.uz @mitcuz · 13.2K subscribers
Post #25256 2.04K
📌Toshkent — mintaqaviy texnologik yetakchilik markazi: Poytaxtimizda “Women in Tech Leadership Forum” xalqaro Forumi bo‘lib o‘tdi

🔠Raqamli texnologiyalar vazirligida o‘tkazilgan forum Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasida texnologik kelajak kun tartibini belgilab bergan muhim voqeaga aylandi. Anjumanda 10 dan ortiq davlatdan 300 ga yaqin xalqaro ekspertlar, Hukumat va AT-hamjamiyat yetakchilari jam bo‘ldi.

🟢Tadbirni Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ochib berdi. Vazir raqamli iqtisodiyotning jadal o‘sishi bevosita xotin-qizlarning AT va innovatorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarishga bog‘liq ekanini ta’kidladi.

⚡️Dunyoda 60 dan ortiq mamlakatni birlashtirgan Women in Tech Global harakati butun dunyo bo‘ylab 1 million ayolni qamrab olgani aynan Toshkentda e’lon qilindi.

📌Eslatib o‘tamiz, Tashkilot va Vazirlik o‘rtasidagi rasmiy hamkorlik 2024-yil mart oyida, Markaziy Osiyodagi birinchi vakillik bevosita Vazirlik binosida ochilishi bilan boshlangan. Bu sheriklik gender tafovutini qisqartirish, ayollar AT-tadbirkorligini va ustozlik (mentorship) dasturlarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.

⚡️ Asosiy natijalar va yangi tashabbuslar:

Xalqaro loyihalar: O‘zbekiston-Latviya qo‘shma “Women Leadership in ICT” dasturi taqdim etildi va 8 dan ortiq davlat hududiy direktorlari 2031-yilgacha mo‘ljallangan strategik majburiyatlarni (commitments) qabul qildilar.

Dolzarb muhokamalar: AI va kelajak ko‘nikmalari, venchur investitsiyalar, fintech, robototexnika, kosmos hamda FemTech yo‘nalishlarida muloqotlar bo‘lib o‘tdi.


Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/233491

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
More from @mitcuz
  1. Oct 16, 2026✅Sun’iy intellekt texnologiyalari bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar yuzasidan ochiq…
  2. Oct 15, 2026🔖Ish joylarida xavfsiz va hurmatga asoslangan mehnat muhitini ta’minlash bo‘yicha Milliy…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →