TGViewer
Digital.uz Digital.uz @mitcuz · 13.2K subscribers
Post #25277 1.55K
✅Sun’iy intellekt texnologiyalari bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda soha vakillari ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazdi.

Tadbirda Qonunchilik palatasi deputatlari, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Sog‘liqni saqlash, Transport, Energetika va Qishloq xo‘jaligi vazirliklari mas’ul xodimlari, faol yoshlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Muloqot avvalida Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos kirish so‘zga chiqib, sohada amalga oshirilayotgan ishlar va istiqbolli loyihalar haqida so‘z yuritdi.

Muloqotda ta’kidlanganidek, mamlakatimizda sun’iy intellekt sohasini rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan. So‘nggi yillarda mazkur sohada tizimli huquqiy va institutsional asoslar yaratilib, davlat rahbarining tegishli qarorlari bilan 2030-yilgacha sun’iy intellektni rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi. Unda davlat boshqaruvi, sog‘liqni saqlash, transport, energetika, qishloq xo‘jaligi hamda boshqa ustuvor tarmoqlarda sun’iy intellekt texnologiyalarini keng joriy etish vazifalari belgilandi.


Batafsil: 👉 https://digital.uz/oz/news/view/233713

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
More from @mitcuz
  1. Oct 15, 2026🔖Ish joylarida xavfsiz va hurmatga asoslangan mehnat muhitini ta’minlash bo‘yicha Milliy…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →