↪️ Ochilish marosimida dastlab videorolik namoyish etildi. Unda O‘zbekistonning “Startaplar mamlakati” sifatidagi yangi qiyofasi, mamlakatda startap ekotizimini rivojlantirish, yoshlarning innovatsion g‘oyalari va raqamli texnologiyalar sohasidagi imkoniyatlar aks ettirildi.
⚡️ Tadbir doirasida Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov so‘zga chiqdi.
“Mamlakatimizning eng muhim boyligi — bu inson kapitalidir. Shu sababli so‘nggi yillarda yoshlarimiz uchun sifatli ta’lim olish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallash hamda kelajakda muvaffaqiyatga erishishlari uchun keng imkoniyatlar yaratishga alohida e’tibor qaratmoqdamiz.
Bugungi kunda AT va sun’iy intellekt yo‘nalishlaridagi ta’limni rivojlantirish ham ustuvor vazifalarimizdan biridir. “Bir million dasturchi” va “Besh million AI Leaders” kabi yirik tashabbuslar orqali yoshlarning zamonaviy texnologiyalar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishga, ularni kelajak kasblariga tayyorlashga va mamlakatimiz inson kapitalini yanada rivojlantirishga intilmoqdamiz,” – dedi Sh. Shermatov oʻz nutqida.
📲 Ochilish marosimini jonli efirda kuzatib boring!
🔦 Youtube
😀 Telegram
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X





