TGViewer
Digital.uz Digital.uz @mitcuz · 12.9K subscribers
Post #24735 2.01K
Startup & Venture Summit boʻlib oʻtmoqda

“ICT WEEK Uzbekistan 2026”doirasida Startup & Venture Summit bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir startap asoschilari, investorlar, venchur fondlari, akseleratorlar, korporatsiyalar va davlat tashkilotlari vakillarini bir maydonda jamladi.

Sammitda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etib, nutq soʻzladi.

“Biz O‘zbekistonni startaplar mamlakatiga aylantirishni maqsad qilganmiz. Buning uchun startaplar uchun qulay huquqiy muhit yaratish, ekotizim ishtirokchilarining taklif va tashabbuslarini inobatga olish, venchur hamkorlar va xorijiy kompaniyalarni jalb etishga alohida e’tibor qaratmoqdamiz. Bugun O‘zbekistonda jadal rivojlanayotgan startap ekotizimi va katta maqsadlar sari intilayotgan yosh startap asoschilari bor. Barcha xorijiy hamkorlar va startap ekotizimi ishtirokchilarini O‘zbekistonda ko‘rib turganimizdan mamnunmiz va ularni mamlakatimizda samimiy qutlab qolamiz”, – dedi vazir oʻz nutqida.


Sammitda O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda texnologik tadbirkorlikni rivojlantirish, startaplarning xalqaro bozorlarga chiqishi, investitsiya jalb qilish va mahalliy loyihalarni global venchur ekotizimiga integratsiya qilish masalalari muhokama qilinmoqda.

Startup & Venture Summit ICT WEEK doirasidagi an’anaviy tadbirlardan biri hisoblanadi.

Bu yilgi sammit ham startaplar va investorlar o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish hamda hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilish uchun maydon bo‘ldi.

📲 Sammitni quyidagi havolalar orqali tomosha qilishingiz mumkin:

🔦 Youtube
💙 Facebook
😀 Telegram

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
More from @mitcuz
  1. Sep 22, 2026Live stream finished (8 hours)
  2. Sep 22, 2026📌Uztelecom sun’iy intellekt va bulutli texnologiyalarni rivojlantirish uchun Buxoro va Qo…
  3. Sep 22, 2026⚡️Uztelecom Amazon Leo bilan hamkorlikda O‘zbekistonda sun’iy yo‘ldosh aloqasi imkoniyatla…
  4. Sep 22, 2026💻#fotolavha 🎙 “ICTWEEK UZBEKISTAN – 2026” AKT haftaligi ochilish marosimi doirasida Raqa…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →