TGViewer
Digital.uz Digital.uz @mitcuz · 13K subscribers
Post #24176 4.8K
“10 ming korxona uchun – sunʼiy intellekt hamkor” dasturi boshlanadi – Prezident

Tahlillarga ko‘ra, zamonaviy boshqaruv va sunʼiy intellekt yondashuvlarini joriy qilgan tadbirkorlarning 54 foizida mahsulotga talab keskin ortgan. 25 foizida tannarx kamayib, 40 foizida daromad o‘sishi hisobiga ishchilarning oyligi 10 foizdan ko‘proq ko‘tarilgan.

Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazida birinchi superkompyuter klasteri ishga tushirildi. Kelasi yil uning quvvati 3 karra oshiriladi.

“10 ming korxona uchun – sunʼiy intellekt hamkor” dasturi boshlanadi. Korxonalarga sunʼiy intellekt joriy qilish xarajatining 50 foizi kompensatsiya qilinadi.

Yangi mahsulot uchun sunʼiy intellekt modelini yaratishda superkompyuterdan bepul foydalanish imkoni beriladi. Ilmiy-tadqiqot xarajatlari ham budjetdan qoplanadi.

Tadbirkorlar foydalanishi uchun tayyor sunʼiy intellekt dasturlari ochiq platformaga joylashtiriladi. Dasturning birinchi bosqichiga kamida 100 million dollar ajratiladi.

To‘qimachilikdagi tajriba elektrotexnika, qurilish materiallari va oziq-ovqat sanoatiga ham tatbiq etiladi. Ushbu korxonalarda avtomatlashgan boshqaruv tizimlarini joriy etish xarajatining 50 foizi qoplab beriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | LinkedIn | X
More from @mitcuz
  1. Sep 27, 2026✔️Sun’iy intellekt bo‘yicha o‘quv seminari davom etmoqda ▶️Qoraqalpog‘iston Respublikasi J…
  2. Sep 26, 2026BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasi | sentabr, 2026-yil — 81-я сессия Генеральной Aссам…
  3. Sep 26, 2026❗️Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar ➡️Joriy yilning 28-sentabr kuni soat 11:00 da Jizzax…
  4. Sep 26, 2026🔘Digital Silk Road: turizmni raqamli texnologiyalar orqali rivojlantirish masalalari muho…
  5. Sep 26, 2026✨ “ICT Week Uzbekistan 2026” doirasidagi Oʻzbekiston - Yaqin Sharq texnologiyalar sammitid…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →