TGViewer
Digital.uz Digital.uz @mitcuz · 13.2K subscribers
Post #18211 3.19K
Germaniyadagi “EGOI -2025”da ishtirok etadigan milliy terma jamoa a’zolari aniqlandi

✅ Avvalroq, Toshkent shahrida ICT4Girls olimpiadasi Respublika bosqichi boʻlib oʻtgan edi. Natijalarga koʻra, olimpiadada 12 nafar qiz gʻolib deb topildi. Gʻoliblar uchun dasturlash sohasidagi malakali ekspertlar tomonidan bir hafta davomida intensiv treninglar tashkil etildi.

❕ Trening yakunida kontest tashkil etilib, 4 nafar qizlar 2025-yil 14-20-iyul kunlari Germaniyaning Bonn shahrida bo‘lib o‘tuvchi European Girls’ Olympiad in Informatics (EGOI) – Informatika bo‘yicha Yevropa qizlar olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida ishtirok etish uchun saralab olindi.

⬇️ Germaniyaga yo’llanma olgan qizlar:

➡️Oysha Mirzatillaeva – Toshkent shahri, Olmazor ixtisoslashtirilgan maktabi, 8-sinf oʻquvchisi;
➡️Malika Khojamuratova –Qoraqalpogʻiston Respublikasi, 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati 9-sinf oʻquvchisi;
➡️Solikha Dagarova – Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on shahri, 20-umumiy o‘rta ta’lim maktabi, 11-sinf oʻquvchisi;
➡️Durdona Akramova – Jizzax viloyati, Jizzax shahri, 1-IMI, 10-sinf oʻquvchisi.


➡️ Natijalar ushbu havolada.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
More from @mitcuz
  1. Oct 14, 2026🇺🇿🇨🇳 Xitoy kompaniyalari O‘zbekistonda biznes ochish va texnologik hamkorlikni kengayt…
  2. Oct 14, 2026Yoshlarimizning Dunyoda O‘zbekiston nomini ulug‘lash bo‘yicha erishgan natijalari bilan ta…
  3. Oct 14, 2026🇺🇿 🇰🇷 O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida sun’iy intellekt, raqamli ta’lim sohasidagi hamk…
  4. Oct 13, 2026✅“First Global Challenge - 2026” xalqaro robototexnika musobaqasi gʻoliblari taqdirlandi �…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →