TGViewer
Digital.uz Digital.uz @mitcuz · 13.2K subscribers
Post #25246 1.23K

Forwarded from Sherzod Shermatov

Yoshlarimizning Dunyoda O‘zbekiston nomini ulug‘lash bo‘yicha erishgan natijalari bilan tabriklaymiz va kelgusi faoliyatlariga ulkan zafarlar tilaymiz!   

Kecha Davlatimiz Rahbari tomonidan Robototexnika bo‘yicha xalqaro musobaqa g‘oliblari va ularning murabbiylarini mukofotlash to‘g‘risidagi Farmonlari bilan taqdirlanganlarga davlat mukofotlarini topshirish marosimida qatnashib, shijoatli yoshlarimizni ko‘rib juda quvondik.

Bu g‘alaba yana bir bor yoshlarimizning orzularini cheklamasliklari zarurligini ko‘rsatib berdi. 

Bizning yoshlarimiz juda ko‘p natijalarga erishishga qodirlar, shuning uchun katta maqsadlar qo‘yib, o‘qish, izlanish va harakatdan to‘xtamasliklari kerak.

Vaqtni behuda sarflamay, Siz ham ko‘proq yangi ko‘nikmalarni o‘rganing! Buning uchun aileaders.uz orqali bepul kurslar soni va imkoniyatlar kun sayin ortmoqda! Yaqinda «Google Gemini AI Plus» xizmatidan bepul foydalanish imkoniyati ham qo‘shildi. 

Ko‘proq insonlar hayotini yaxshilashga qaratilgan o‘z loyihangizni boshlang, startupbase.uz orqali uni rivojlantiring, raqamli startaplar dasturiga qo‘shiling.
More from @mitcuz
  1. Oct 14, 2026🇺🇿🇨🇳 Xitoy kompaniyalari O‘zbekistonda biznes ochish va texnologik hamkorlikni kengayt…
  2. Oct 14, 2026🇺🇿 🇰🇷 O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida sun’iy intellekt, raqamli ta’lim sohasidagi hamk…
  3. Oct 13, 2026✅“First Global Challenge - 2026” xalqaro robototexnika musobaqasi gʻoliblari taqdirlandi �…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →