TGViewer
Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги @mintrans_uz · 11.4K subscribers
Post #30377 1.44K
Rhenus bilan transport-logistika sohasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
 
O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri Ilhom Maxkamov Germaniyaning “Rhenus SE & Co.” kompaniyasi Direktorlar kengashi a’zosi Andreas Shtyokli bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokaralar davomida tomonlar transport-logistika sohasidagi hamkorlikni kengaytirish hamda O‘zbekistonda zamonaviy logistika infratuzilmasini rivojlantirish istiqbollarini muhokama etishdi.
 
Xususan, “O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ va “Rhenus” kompaniyalar guruhi tomonidan tashkil etilgan “UzContargo” MChJ qo‘shma korxonasi faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, Andijondagi yuk terminalini rekonstruksiya qilish ishlarini jadallashtirish hamda O‘zbekistonga yuk yetkazib berish muddatlarini qisqartirish maqsadida “yashil yo‘laklar” tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.
 
Uchrashuvda vazir Ilhom Maxkamov “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temiryo‘li qurilishi bo‘yicha strategik loyihaning amalga oshirilishi jarayoniga alohida to‘xtalib, Andijonda zamonaviy logistika infratuzilmasining rivojlantirilishi yangi xalqaro transport yo‘lagining jozibadorligi va tranzit salohiyatini oshirishga xizmat qilishini ta’kidladi.

O‘z navbatida, Andreas Shtyokli Rhenus kompaniyasining Toshkent viloyati, Samarqand va Termiz shaharlarida yuk terminallarini rivojlantirish loyihalarida kelgusida ham ishtirok etishdan manfaatdor ekanini bildirib, O‘zbekistonning mintaqaviy transport-logistika xabiga aylanish borasidagi yuqori salohiyatini qayd etdi.

 
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar transport-logistika sohasida amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish va istiqbolli qo‘shma loyihalar ustida ishlashdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar.
 
Обсуждены вопросы развития сотрудничества с Rhenus в транспортно-логистической сфере

Министр транспорта Республики Узбекистан Илхом Махкамов провел встречу с членом Совета директоров немецкой компании "Rhenus SE & Co." Андреасом Штёкли.

В ходе переговоров стороны обсудили перспективы расширения сотрудничества в транспортно-логистической сфере и развития современной логистической инфраструктуры в Узбекистане.

В частности, особое внимание было уделено деятельности совместного предприятия ООО "UzContargo," созданного АО "O'ztemiryo'lkonteyner" и группой компаний "Rhenus". Также были рассмотрены вопросы ускорения работ по реконструкции грузового терминала в Андижане и организации "зеленых коридоров" с целью сокращения сроков доставки грузов в Узбекистан.

В ходе встречи министр Илхом Махкамов отдельно остановился на ходе реализации стратегического проекта строительства железной дороги Китай – Кыргызстан – Узбекистан и подчеркнул, что развитие современной логистической инфраструктуры в Андижане послужит повышению привлекательности и транзитного потенциала нового международного транспортного коридора.

В свою очередь, Андреас Штёкли выразил заинтересованность компании Rhenus в дальнейшем участии в проектах по развитию грузовых терминалов в Ташкентской области, Самарканде и Термезе, отметив высокий потенциал Узбекистана в становлении региональным транспортно-логистическим хабом.


По итогам встречи стороны подтвердили взаимную заинтересованность в дальнейшем развитии практического сотрудничества и совместной работе над перспективными проектами в транспортно-логистической сфере.
 

✈️Тelegram |📎Facebook |👚Instagram |🎞YouTubе |🌐Linkedin |
More from @mintrans_uz
  1. Oct 14, 2026Oʻzbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari Bokuda uchrashdilar. — Президенты Узбекистана и Аз…
  2. Oct 14, 2026Boku shahriga amaliy tashrif doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyo…
  3. Oct 14, 2026Prezidentimiz amaliy tashrif bilan Bokuga keldi. — Президент нашей страны прибыл с рабочим…
  4. Oct 14, 2026Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti…
  5. Oct 14, 2026Ostonada Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar vakillarining ekspertlik uchrashu…
  6. Oct 14, 2026Xitoyning CRRC Dalian kompaniyasi bilan Memorandum imzolandi O‘zbekiston Respublikasi Tran…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →