TGViewer
Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги @mintrans_uz · 11.4K subscribers
Post #30384 652
Ostonada Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar vakillarining ekspertlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 14-oktyabr kuni Ostona shahrida (Qozog‘iston Respublikasi) Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga (IHT) a’zo davlatlar transport vazirlarining 14-yig‘ilishi arafasida tashkil etilgan a’zo mamlakatlar vakillarining ekspertlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Kun tartibining asosiy masalasi mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash, transport bog‘liqligini rivojlantirish hamda xalqaro tashuvlar samaradorligini oshirishga qaratilgan ikki strategik muhim hujjat — Ostona deklaratsiyasi va IHTning 2026 – 2035-yillarga mo‘ljallangan Transport strategiyasi loyihalarini muhokama qilish hamda o‘zaro muvofiqlashtirish bo‘ldi.

Uchrashuv chog‘ida ishtirokchilar mintaqaning transport-logistika tizimini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari, xalqaro transport yo‘laklarini takomillashtirish, mavjud infratuzilmaviy va ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etish hamda Tashkilotga a’zo davlatlar o‘rtasida yuklarning to‘siqsiz harakatlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha fikr almashdilar.
 
В Астане состоялась экспертная встреча представителей государств — членов Организации экономического сотрудничества

Сегодня, 14 октября в городе Астане (Республика Казахстан) состоялась экспертная встреча представителей государств — членов Организации экономического сотрудничества (ОЭС), организованная в преддверии 14-го заседания министров транспорта стран ОЭС.

Ключевым вопросом повестки дня стало обсуждение и согласование проектов двух стратегически важных документов — Астанинской декларации и Транспортной стратегии ОЭС на 2026–2035 годы, направленных на дальнейшее укрепление регионального сотрудничества, развитие транспортной взаимосвязанности и повышение эффективности международных перевозок.

В ходе встречи участники обменялись мнениями относительно приоритетных направлений развития транспортно-логистической системы региона, совершенствования международных транспортных коридоров, устранения существующих инфраструктурных и административных барьеров, а также создания благоприятных условий для беспрепятственного перемещения товаров между государствами — членами Организации.
 
 ✈️Тelegram |📎Facebook |👚Instagram |🎞YouTubе |🌐Linkedin |
More from @mintrans_uz
  1. Oct 14, 2026Oʻzbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari Bokuda uchrashdilar. — Президенты Узбекистана и Аз…
  2. Oct 14, 2026Boku shahriga amaliy tashrif doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyo…
  3. Oct 14, 2026Prezidentimiz amaliy tashrif bilan Bokuga keldi. — Президент нашей страны прибыл с рабочим…
  4. Oct 14, 2026Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti…
  5. Oct 14, 2026Xitoyning CRRC Dalian kompaniyasi bilan Memorandum imzolandi O‘zbekiston Respublikasi Tran…
  6. Oct 14, 2026O‘zbekiston Respublikasining “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →